O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   284
 
Tarbiyaning yaxlitligi
deganda tarbiyalash va o‘qitish jarayonlari-
ning, shuningdek, o‘quvchilarni jamiyat talablari asosida kamolotga 
etkazish va shakllantirishga qaratilgan maqsadning ajralmas birligi tushu-
niladi. Tarbiyalash va o‘qitish, garchi ilm-fan ularni farqlasada, bir-biriga 
bog‘liq va ko‘p umumiylikka ega. Shu ma’noda uzoq tarixga ega milla-
timiz 
“ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratmagan – bu 
sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi”
(I.A.Karimov.)
. O‘qitishning 
mazmunini asosan dunyo haqidagi ilmiy bilimlar tashkil etadi. Tarbi-
yaning mazmunida me’yorlar, qoidalar, qadriyatlar, ma’naviy boyliklar 
ustunlik qiladi. O‘qitish asosan aql-idrokka ta’sir ko‘rsatadi, tarbiyalash 
esa, birinchi navbatda, shaxsning doimiy iste’mol sohasiga aylangan. 
Ikkala jarayon shaxsning ongi va xulq-atvoriga birday ta’sir ko‘rsatadi va 
ijtimoiy rivojlanishiga zamin yaratadi. Qanchalik yaqin bo‘lishiga qara-
may, bu o‘ziga xos jarayonlar bo‘lib, ilm-fan ularni tarbiya nazariyasida 
va didaktika (ta’lim jarayoni)da alohida ko‘rib chiqadi. Bunda o‘qituvchi 
tomonidan zamonaviy shart-sharoitlarga asoslangan holda uslubiy tamo-
yil va, ayniqsa, dolzarb hisoblangan butun pedagogik jarayonning yaxlit-
ligi ta’minlanadi. 
Tarbiyaning tizimliligi
 
tarbiyaviy jarayonda umumiylikni tashkil 
etadi, chunki tarbiyaviy jarayonlar bir nechta tizimlarning turli xusu-
siyatlaridan iborat. Aytish mumkinki, tarbiyaviy jarayonlar — bu tarbi-
yaviy tizim holatlarining ketma-ket almashinuvidir. Tarbiyaviy jarayonni 
tizimli ravishda ko‘rib chiqish, tizim va jarayonning tuzilmaviy xusu-
siyatlarini, shuningdek, ular o‘rtasidagi funksional aloqalarning ajratib 
ko‘rsatilishini ifodalaydi. O‘qituvchi uchun har bir tarbiyaviy uslubning 
o‘ziga xos xususiyatini, mohiyatini, birining boshqasiga ta’siri natijasida 
o‘zgarishini anglab yetishi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Masalan, tarbi-
yalash maqsadi uning mazmunini belgilab beradi, tarbiya ko‘rganlik 
darajasi esa tarbiyalash usullarini tanlashga ta’sir ko‘rsatadi va hokazo. 
Pedagogik jarayonda 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin