237
Tarbiyaning texnologiyaviyligi har qanday pedagogik tizimda —
ilmiy muammolar bilan o‘zaro munosabatda bo‘lgan tushunchadir. Biroq,
agar ilmiy muammo tarbiyalanuvchiga bilim berish, ilmiy tafakkurini
oshirish hamda ko‘nikma va malakalarini shakllantirish kabi maqsadlarni
ifodalaydigan bo‘lsa, u holda tarbiya texnologiyasi o‘qituvchiga o‘quv-
chilarni tarbiyalash yo‘l–yo‘riqlari va ularga erishish vositalarini to‘g‘ri
yo‘naltirishga yordam beradi.
Tarbiyaning texnologiyaviyligi tarbiyalashga yo‘naltirilgan ilmiy
muammo sifatida o‘quvchilarda axloqiy sifatlarni shakllantirish va rivoj-
lantirish uchun lozim bo‘lgan va komil insonga xos barcha insoniy fazi-
latlarni muayyan shart-sharoitlarda uzluksiz tarbiyalash asosida takomil-
lashtirishni nazarda tutadi, bu esa ta’lim mazmunining o‘ziga xos xusu-
siyatlarini ham belgilaydi.
Shu munosabat bilan tarbiyaviy jarayonni harakatga keltiruvchi
kuch, turtki asosan nimada ekanligi to‘g‘risida savol paydo bo‘ladi. Peda-
gogikada inson tarbiyasiga qo‘yiladigan, uning hayotida yuzaga keladi-
gan talablar va uning huquqiy imkoniyatlari, ijtimoiylashuvi, shaxsiy
rivojlanish darajasi o‘rtasidagi ziddiyatlar bunda asosiy manba bo‘lib
hisoblanadi. Ushbu talablar uning yosh xususiyatlariga muvofiq kelgan-
dagina, insonni tarbiyalash va uni shaxs sifatida rivojlantirish jarayo-
nining boshlanishiga turtki bo‘ladi. L.S.Vigotskiy bolaning biror hara-
katni kattalarning yordamisiz bajara olishi mumkin bo‘lgan holatini dol-
zarb rivojlanish hududi deb atagan.
Bola o‘qish jarayonida biror yangi
narsani o‘qituvchining yordami bilan salohiyatli tarzda o‘zlashtirishga
qodir bo‘lgan daraja yaqin rivojlanish hududi bilan belgilangan. Hududlar
orasidagi masofa ziddiyatli tarbiyaviy holatni vujudga keltiradi —
tarbiyaviy jarayonning bunday holati shaxsni shakllantirishda vujudga
keladigan va erishiladigan yutuqlar o‘rtasidagi tafovut mavjud bo‘lganda
yuzaga keladi. Bunday qarama-qarshiliklarning paydo bo‘lishiga yo‘l
qo‘ymaslik
uchun
o‘qituvchi-tarbiyachi
belgilangan
tarbiyaviy
maqsadlarni o‘z maromida uzluksiz, mukammal amalga oshirishi lozim.
Shundagina tarbiyaviy nuqsonlarni bosqichm-bosqich bartaraf etishga
shart-sharoit yaratiladi.
Dostları ilə paylaş: