O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov


) Obyekt va subyektning o‘zaro kommunikativ munosabati



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   284
1) Obyekt va subyektning o‘zaro kommunikativ munosabati 
tar-
biyaviy texnologiya modelida asosiy faoliyat ko‘rsatuvchi deb e’tirof eti-
ladi. Unda tarbiyalashni amalga oshiradigan o‘qituvchi yoki shaxslar 
guruhi, shuningdek manfaatlari doirasida tarbiyaviy o‘zaro ta’sir ko‘rsa-
tishni tashkil etuvchi shaxs yoki ijtimoiy muhit guruhi (masalan: sinf 
guruhi) tushuniladi. 
2) Tarbiyaviy reja asosida tarbiyalashning bir maqsadga yo‘nal-
tirilganligi, 
tarbiyaviy texnologiya unsurlarini modellashtirishda o‘qituv-
chi tomonidan belgilangan
 
hamda obyektni tarbiyalashdan ma’lum bir 
maqsadni ko‘zlash yoki faraz qilishdir. Ushbu jarayon asosida o‘qituvchi 


240 
ishtirokida olib boriladigan tarbiyaviy faoliyatning bir maqsadga qaratil-
ganligi aniq mazmunga ega tarbiyaviy vositalarda,
 
shakl va metodlarda 
ifodalanadi. 
3) Uzluksiz faoliyatli tarbiyaviy jarayon
tarbiya texnologiya-
larining asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, ta’limning uzluksizligini 
va nafaqat ta’lim muassasalarida, balki tarbiya oilada, ijtimoiy va geog-
rafik muhitda, mahallada olib borilishini bildiradi. Zero, ota-ona yoki 
avlod-ajdodlarga xos bo‘lgan nutq, tafakkur, mehnat, ijod qilish qobili-
yati va boshqa iste’dod alomatlarining irsiyat orqali bolaga o‘tishini 
ta’minlovchi biologik omillarning 
(layoqat va iste’dod mudroq holatda 
bo‘lib, uning uyg‘onishi uchun oilada va ta’lim-tarbiya muassasalarida 
qulay sharoit yaratish talab etiladi) 
hamda shaxsga ijobiy yoki salbiy 
ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan, shaxsning shakllanishiga ta’sir etuvchi 
oila, maktab, do‘stlar va tengqurlar davrasi kabilarni o‘z ichiga oluvchi 
mikromuhitning
uzluksiz tarbiyaviy jarayonda ta’siri
 
beqiyosligi 
olimlarimiz tomonidan e’tirof etilgan. Ayniqsa, oila muhiti shaxsning 
shakllanishida o‘ziga xos muhim tarbiyaviy maskan bo‘lib, nihoyatda 
keng tarmoqli tarbiyaviy ta’sir etish quvvatiga ega. Ota-onaning tarbiya-
langanligi va tarbiyaviy tajribalarni mukammal bilishi, bola tarbiyasida 
doimiy nazorat va javobgarlik hissi o‘zbek oilasi uchun eng qadrli burch 
sifatida e’zozlanadi. Bularning barchasi tarbiyalanuvchi subyektga nisba-
tan komil inson shaxsiga xos sifatlarni shakllantirishga qaratilgan.

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin