241
O‘qituvchi o‘zining ziyrakligi va chuqur psixologik bilimi, yuksak
pedagogik mahorati bilan avvalo o‘quvchilar guruhi jamoasidagi liderni
aniqlashi, kerak bo‘lsa, unga yon bosib, o‘z tomoniga og‘dirib olishi
lozim. Pedagogik mahoratning ishontirish va ta’sir etish usullari asosida
norasmiy lider ongiga sezdirmasdan kirib borib, o‘z ta’sirini o‘tkaza
olgan o‘qituvchi guruh jamoasida bir xil tarbiyaviy muvozanatni saqlay
oladi. Shundan keyin tarbiyaviy texnologiyaning ma’qul bo‘lgan unsur-
larini modellashtirib qo‘llashi va cho‘chimasdan tarbiyaviy faoliyat olib
borib, belgilangan maqsadga erishishi mumkin.
O‘quvchilar jamoasida norasmiy etakchilar bilan birga rasmiy, o‘qi-
tuvchilar tomonidan tayinlangan yo‘lboshchilar ham mavjud. Odatda ras-
miy yo‘lboshchilar tarkibini a’lo baholarga o‘qiydigan, jamoa ishlarida
faol ishtirok etuvchi o‘quvchilar tashkil etsa, norasmiy liderlar garchi bu
kabi sifatlarni namoyon etmasalarda, ayrim sifatlariga ko‘ra tengdosh-
larini o‘z ortlaridan ergashtiradilar. Norasmiy liderlarning ma’naviy-axlo-
qiy qiyofasi boshqa o‘quvchilarga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois sinf
rahbari bilan birga o‘quv muassasasi pedagogik jamoasi norasmiy lider-
larni aniqlab ular faoliyatini bevosita nazorat qilib borishlari zarur.
O‘quvchilar uyushmasiga pedagogik rahbarlik, yuqorida qayd etilga-
nidek, aksariyat holatlarda guruh rahbari tomonidan amalga oshiriladi.
Shu sababli guruh rahbari guruhning umumiy hamda har bir a’zosining
individual xususiyatlarini bilishi, xulq atvoridagi har bir o‘zgarishni ino-
batga olgan holda jamoaga yondashishi zarur. Guruh rahbarining noras-
miy liderlar va ularning shaxsi haqida to‘laqonli ma’lumotlarga ega bo‘li-
shi, ota-onalari bilan muntazam aloqada bo‘lishi pedagogik faoliyatni
samarali tashkil etishga yordam beradi.
O‘qituvchi tarbiyaviy faoliyatning barcha unsurlari o‘zaro aloqador-
ligini va o‘zaro bog‘liqligini nazariy va amaliy jihatdan tushunishi tarbi-
yaviy jarayonni to‘g‘ri yo‘naltirishga imkoniyat beradi. Bunda peda-
gogikada tarbiyaviy o‘zaro ta’sir ko‘rsatishning shakllari, metodlari, usul-
lari va vositalarini ochib beradigan hamda tarbiyaviy texnologiyalarning
“pedagogik vositalari”ni shakllantiruvchi faoliyati va natijalariga, tarki-
biy qismlariga alohida e’tibor qaratiladi. O‘qituvchi avvalo tarbiyadan
kelib chiqadigan maqsadga to‘g‘ri baho bera olishi kerak.
Dostları ilə paylaş: