247
Tarbiya jarayonining yana bir qonuniyati uning uzoq muddat davom
etishidir. Tarbiya natijalari tez sur’atda yaqqol ko‘zga tashlanmaydi.
O‘zida insoniy sifatlarni namoyon eta olgan
shaxsni tarbiyalab voyaga
etkazishda uzoq muddatli davr talab etiladi. Shaxsning muayyan vaqtning
o‘zida, turli-tuman qarashlar mavjud bo‘lgan bir sharoitda harakat qilishi
tarbiya jarayonini murakkablashtiradi. Ta’lim muassasalarida olib
borilayotgan tarbiyaviy jarayon shaxs ongi va dunyoqarashini shakllan-
tirishda muhim o‘rin tutadi. Binobarin, yoshlik yillarida insonning asab
tizimi yuqori darajada ta’sirchan hamda beqaror bo‘ladi. Shu bois
tarbiyada muvaffaqiyatga erishish uchun o‘quvchilik
yillarida shaxsga
to‘g‘ri tarbiya berish lozimligi talab etiladi.
Tarbiya jarayonining yana bir qonuniyati uning uzluksizligidir.
Ta’lim muassasalarida olib borilayotgan tarbiya jarayoni bu – o‘qituvchi
va o‘quvchilarning birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari jarayonidir.
O‘quvchilarda ijobiy sifatlarni qaror toptirishda yagona maqsad sari
yo‘naltirilgan, bir-birini to‘ldiruvchi, boyitib boruvchi, takomillash-
tiruvchi faoliyat alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois oila, ta’lim muas-
sasalari, jamoatchilik hamkorligida tashkil etilayotgan tarbiyaviy tadbir-
larning uzluksiz o‘tkazilishiga erishish maqsadga muvofiqdir.
O‘quvchilarni tarbiyalashda ta’lim muassasasi yetakchi o‘rin egallasa
ham, o‘quvchilarga uzluksiz tarbiyaviy ta’sir o‘tkaza olmaydi, chunki,
o‘quvchilar belgilangan ma’lum muddatda ta’lim muassasasida, o‘qituv-
chining tarbiyaviy ta’siri ostida bo‘lib, qolgan bo‘sh
vaqtining asosiy
qismini oilada, ko‘chada, jamoat orasida o‘tkazadilar. Kuzgi, qishki,
bahorgi va ayniqsa, yozgi ta’tillar davrida o‘quvchilar ta’lim muassasai
o‘qituvchilari ta’siridan chetda qoladilar. Demak, ta’lim muassasalarida
o‘quvchilarni tarbiyalash vaqt jihatidan chegaralangan bo‘lib, sinfdan va
maktabdan tashqarida amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlardan holi
vaqtda ular o‘qituvchi yoki tarbiyachining ta’siri hamda nazoratidan
uzoqlashadilar.
Ayni vaqtda, respublikamizda o‘quvchilarning ta’lim
muassasalaridan uzoqlashtirmaslik maqsadida qo‘shimcha ta’lim muas-
sasalari faoliyat olib bormoqda. Qo‘shimcha ta’lim muassasalarida
o‘quvchilar xususiy fanlar hamda xorijiy tillarni mukammal o‘zlash-
tirishlari, texnik va badiiy yo‘nalishlar bo‘yicha bilim olishlari, amaliy
faoliyat ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishlari mumkin. Qo‘shimcha
ta’lim muassasalarida tashkil etilayotgan turli yo‘nalish va mavzulardagi
uchrashuvlar, ko‘rgazmalar, ko‘rik
-
tanlovlar, suhbatlar o‘quvchilarning
248
tafakkurini boyitishda, ularda mustahkam xarakter va irodani tarkib
toptirishda muhim o‘rin tutmoqda.
Tarbiya jarayonining yana bir qonuniyati –
bu uning yaxlit holda
tizimli tashkil etilishidir. Yaxlitlik shundan iboratki, tarbiya jarayonining
maqsadi, mazmuni va metodlarining birligi shaxsni shakllantirish g‘o-
yasini amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Bizga ma’lumki, shaxs
ma’naviy-axloqiy sifatlarni navbatma navbat emas, balki yaxlit tarzda
o‘zlashtira boradi, shu bois pedagogik ta’sir ham yaxlitlik, tizimlilik
xarakteriga ega bo‘lishi lozim.
Tarbiya jarayonining yaxlitlik, tizimlilik
xususiyati qator pedagogik talablarga amal qilish, o‘qituvchi va o‘quv-
chilar o‘rtasidagi hamkorlikni qaror toptirishni talab etadi.
Tarbiyaning yana bir qonuniyati shundan iboratki, bu jarayon ikki
tomonlama aloqa xususiyatiga ega bo‘lib, unda o‘quvchining o‘zi ham
faol ishtirok etadi. Ikki tomonlama aloqa ikki yo‘nalishda, ya’ni, o‘qi-
tuvchining o‘quvchiga ko‘rsatadigan ta’siri (to‘g‘ri aloqa) hamda o‘quv-
chining o‘qituvchiga nisbatan munosabati (teskari aloqa) tarzida tashkil
etiladi.
Tarbiyaning pedagogik texnologiya nazariyasi g‘oyasiga muvofiq,
endilikda o‘quvchi tarbiya jarayonining obyektigina bo‘lib
qolmasdan,
subyekti sifatida ham faoliyat ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun o‘qi-
tuvchi o‘quvchining ichki imkoniyatlari, unga nisbatan bo‘layotgan tash-
qi ta’sirlar va axborot manbalarini inobatga olishi zarur. Agarda mazkur
talab unutilsa, shaxsni tarbiyalash qiyinlashadi yoki barcha urinishlar
samarasiz yakun topadi. Mana shundan tarbiya jarayonining yana bir
xususiyati – tarbiyada qarama-qarshilikning mavjudligi kelib chiqadi.
Ushbu qarama-qarshiliklar o‘quvchilarga o‘z tushunchalariga muvofiq
paydo bo‘lgan dastlabki sifatlar o‘rtasida yoki o‘quvchilarga qo‘yiladigan
talablar bilan ularni bajarish imkoniyatlari o‘rtasidagi ziddiyatlarning
kelib chiqishi uchun zamin yaratadi.
Undan tashqari ushbu qarama-qarshiliklar ko‘pincha o‘quvchining
ongi bilan xulqi bir-biriga muvofiq bo‘lmasligidan, o‘qituvchi va tarbiya-
chilarning o‘quvchilar
yosh psixologik, fiziologik xususiyatlarini (fe’l-
atvori, xarakteri, qiziqishlari, jismoniy, ruhiy hamda fiziologik jihatdan
sog‘lomligi) yaxshi bilmasliklari oqibatida sodir bo‘ladi.
Demak, tarbiya jarayonida quyidagi qonuniyatlar modellashtirish
xususiyatini o‘zida namoyon etadi:
Dostları ilə paylaş: