257
Tarbiya ko‘rganlikning eng ko‘p foydalaniladigan uslubi
diagnostik
metod
bo‘lib, unda faoliyat individual diagnostik suhbat tariqasida olib
boriladi. Ushbu metod pedagogik aniqlash (diagnostika) nuqtai nazaridan
o‘quvchining tarbiya ko‘rganlik darajasini o‘zi, atrof-muhitdagi kishilar
va obyektiv real hodisalar to‘g‘risida bildirgan fikr-mulohazalari asosida
baholab, mazmunini tahlil qilish asosida o‘rganishdan iboratdir. Diag-
nostik metod asosida o‘qituvchi nafaqat o‘quvchining ichki dunyosi,
uning qarashlari, ishonchlari, ideallarini chuqur anglab yetishi, balki ijo-
biy intilishlarini qo‘llab-quvvatlashi, uni mavjud muammolarni hal etish-
ga yo‘naltirishi, foydali ishlarga ruhlantirishi, yo‘l qo‘yilgan kamchilik-
larga e’tibor qaratishi va ularni bartaraf etishga yordam berish imkoniya-
tiga ega bo‘ladi.
Umumiy guruhning so‘nggi tarbiya metodi sifatida faoliyat natija-
larini tahlil qilish uslubi ishtirok etadi. U o‘z mohiyatiga ko‘ra, o‘quv-
chining tarbiya ko‘rganlik darajasini u amalga oshirayotgan ijtimoiy va
boshqa foydali mehnat faoliyatini tahlil qilish asosida o‘rganishdan
iborat. Mazkur uslub o‘qituvchi tomonidan tarbiyalanuvchilarning xatti-
harakatlari va qiziqishlari, ta’lim
Dostları ilə paylaş: