255
bilan bir vaqtda qo‘llanilishi o‘qituvchining o‘quvchi shaxsiga tarbiyaviy
ta’sir etishni kuchaytiradi.
Tarbiya texnologiyalarida foydalaniladigan, ko‘rib chiqilgan metod-
lar uning masalalarini yanada to‘liqroq hal etish uchun shart-sharoitlarni
yaratgan holda, tarbiyalashning barcha shakllarida amalga oshiriladi.
Biroq ularni tanlash, o‘zlashtirish va amalga oshirishda ko‘pgina omil-
larga, jumladan, milliy an’analar, urf-odatlar, pedagogikaga xos bo‘lgan
holatlarga e’tibor berish zarur.
Barcha pedagogik holatlarda mutlaqo “to‘g‘ri” bo‘lgan tarbiyaviy
metodlar mavjud bo‘lmaydi. O‘qituvchi tarbiyaviy maqsadlarga erishish
uchun, odatda, muayyan vaqtga mo‘ljallangan, o‘zining pedagogik o‘zaro
ta’sir ko‘rsatish strategiyasini yaratgan holda tarbiyaviy metodlar maj-
muasidan foydalanadi. Mohir o‘qituvchi o‘zining rang
-
barang tarbiyaviy
metodlariga ega bo‘ladi va muayyan bir holat uchun ularning muqobil
variantlarini topib qo‘llaydi. Tarbiyaviy metodlarni qo‘llashning o‘z
texnikasi mavjud bo‘lib, u o‘qituvchining pedagogik mahoratiga bog‘liq.
A.S.Makarenko aytganidek,
“o‘quvchilar o‘qituvchining tarbiyachi
sifatidagi ta’sirini, uning tashqi ko‘rinishidan, boy ma’naviyatidan,
notiqlik san’atidan, so‘z intonatsiyasini mukammal o‘z o‘rnida qo‘llay
olishidan, yuz ifodasidan o‘zlariga qabul qiladilar”.
Dostları ilə paylaş: