251
6. Jamoaning ta’siri. O‘quvchilarda
barkamol insonga xos xusu-
siyatlar avvalo sinf jamoasida rivojlantiriladi. Sinf jamoasining tarbiyaviy
ta’siri ostida o‘quvchining bir-birlariga nisbatan ijobiy munosabatlari
qaror topadi, jamoa yordamida o‘quvchi har tomonlama kamolotga
erishadi,
dunyoqarashi shakllantiriladi, insonparvarlik va o‘zaro ham-
korlik tuyg‘ulari rivojlantirilib boriladi.
Zamonaviy tarbiya mazmunida ilgari surilgan g‘oyalarni model-
lashtirilishi yaxlit tarzda quyidagi ko‘rinishga ega:
Tarbiya mazmunining mukammal belgilangan qonuniyatlari mavjud
bo‘lib, u asrlar davomida har bir davrning talablariga mos ravishda tako-
millashtirilib kelingan. Tarbiya mazmunida tarbiyalanuvchining yoshi va
ijtimoiy kelib chiqishiga qarab belgilangan
tarbiyaviy maqsad va vazi-
falarga muvofiq ular tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘-
nikma va malakalar, shaxs xulq-atvori hamda axloqiy sifatlari mujas-
samlashgan.
O‘quvchini yuqorida qayd etilgan tarbiyaviy jarayonlarning nima uchun
kerakligi, ularning insonga nima bera olishi kabi masalalar qiziqtiradi.
Ushbu tarbiyaviy faoliyatlarning har birini oqilona, jamiyat taraqqiyoti va
milliyligimizga xos ravishda modellashtirib o‘quvchilar ongiga singdirish
kerak.
13.5. Tarbiya texnologiyalarini qo‘llashda pedagogik
vositalardan foydalanish
Tarbiyalanuvchilarning harakati faol bo‘lishi, ular bilan olib bori-
ladigan tarbiyaviy faoliyat funksiyalari esa doimo almashinib, yangilanib
turilishi lozim. Shuning uchun ham tarbiyalanuvchilarning faoliyati usti-
dan rahbarlik qilishda, o‘qituvchi pedagogik
mahoratning boy tajriba-
lariga ega bo‘lishi zarur. So‘nggi yillarda pedagogika fanida tarbiyaviy
faoliyatni to‘g‘ri tashkil etishda yetakchi yondashuv sifatida turli
pedagogik vositalar va metodlar qo‘llanilmoqda.
Mazkur faoliyatni mu-
kammal yo‘naltirish uchun quyidagi pedagogik vositalar va metodlardan
foydalanish mumkin:
Pedagogik talab
jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor, ijtimoiy qoi-
dalar, an’ana va urf-odatlarning muayyan me’yorlarini
bajarish uchun
o‘quvchiga qo‘yiladigan talablar majmui tushuniladi. Talab ijtimoiy
xulq-atvor me’yorlarining yig‘indisi, real masala yoki biror-bir xatti-
harakatlarning bajarilishi to‘g‘risidagi aniq ko‘rsatma
sifatida ifodalani-
shi mumkin. Ushbu talablar bajarilish shartiga ko‘ra bevosita yoki bilvo-
252
sita bo‘ladi. Bevosita ko‘rsatma yoki yo‘riqnomalar axloq me’yorlariga
so‘zsiz bo‘ysunish ko‘rinishiga ega bo‘lishi lozim. Bilvosita talablar esa,
iltimos, maslahat, imo-ishora ko‘rinishida taqdim etilib,
bajarilishi,
o‘quvchilarning o‘zlariga havola etiladi. Barkamol, har jihatdan kamo-
lotga erishgan jamoada ko‘pincha bilvosita talablardan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: