Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish
– bu o‘quvchining yosh va shaxsiy
xususiyatlarini, qobiliyati va imkoniyatlarini inobatga oluvchi, ilg‘or
pedagogik va axborot texnologiyalaridan o‘quvchi shaxsini rivojlantirish-
da samarali foydalanuvchi o‘qitishdir. Shunday qilib, shaxsga yo‘nal-
tirilgan o‘qitishda o‘qitishni tabaqalashtirish va individuallashtirish aso-
siy tamoyil sifatida qaraladi.
Zamonaviy axborot texnologiyalari shakl va mazmunining rang-
barangligi – o‘quvchining qiziqishi, imkoniyati va shaxsiy xususiyat-
laridan kelib chiqib taklif etilayotgan holatlardan tanlash imkoniyatini
beradi. Bunday imkoniyat ta’lim tizimida ham o‘z aksini topishi zarur.
O‘qituvchining har xil sathli o‘qitishni zamonaviy axborot texnolo-
giyalari asosida tashkil etishi bunday muammoning echimi bo‘la oladi.
O‘quv mashg‘ulotlarini o‘quvchilarning kundalik fanlar majmuasi va
ular bo‘yicha berilgan kundalik topshiriqlar majmuasi asosida belgi-
lanishi, har bir o‘tilgan mavzuni keyingi darsda so‘rab baholanadigan
qilib tashkil etilishi ko‘plab muammolarni keltirib chiqaradi. Bunday
holda o‘quvchilar biron bir fanga o‘zlarining asosiy diqqat-e’tiborini
to‘liq qarata olmaydilar. Bunday notugalliklarni bartaraf etishda, modulli
o‘qitish eng yaxshi echim hisoblanishi mumkin.
Zamonaviy jamiyatda ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik
yo‘nalishi – bu insonning turli sohalarda maqsadli mustaqil faoliyat aso-
265
sida intellektual va axloqiy rivojlanishidir. Bunda uchta asosiy vazifaga
e’tibor qaratiladi:
1.
Ta’lim tizimini isloh etish.
2.
Mustaqil faoliyat tamoyilini ta’lim va tarbiyaning asosiy tamoyili
sifatida e’tirof etish.
3.
Ta’lim va tarbiya jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini
joriy etish.
Zamonaviy insonning o‘qish jarayoni faqat bog‘cha, umumta’lim
maktablari, akademik litseylar yoki kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim
muassasalari bilan tugamaydi. Inson butun umri davomida ta’lim olishi
zarur, ya’ni ta’lim uzluksiz bo‘lishi kerak. Demak, uzluksiz ta’lim – davr
talabidir. Zero, bu muammo zamonaviy axborot texnologiyalariga bo‘l-
gan ehtiyojni yanada shakllantirishi shubhasiz.
XXI asr – axborotlashtirish asrida ta’lim sohasini axborotlashtirish,
har bir ta’lim muassasasidan:
- o‘qitish va o‘qish jarayonining;
- ta’lim muassasasi boshqarilishining;
- ta’lim muassasasi bo‘linmalarining;
- ta’lim muassasasi faoliyati muhitining axborotlashtirilishini talab qiladi
.
Hozirgi ta’lim muassasalarida kompyuter texnologiyalaridan foyda-
lanish imkoniyatlarini takomillashtirish, ta’lim jarayonida bunday texno-
logiyalarni qo‘llashning eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri ekanligi
pedagog olimlar tomonidan e’tirof etilmoqda. Jumladan, U.Sh.Begim-
qulov ta’lim muassasalarida kompyuter axborot muhiti va hozirgi zamon
talablariga javob bera oladigan darajadagi axborot bazasini yaratish zaru-
rligini, gipermatn va multimedia, o‘qitishda immitatsiya, kommunikat-
siya tizimlarini rivojlantirishni, zarur axborotlarni kompyuter texnikasi
yordamida kiritish, tizimlashtirish, saqlash va foydalanish uchun tavsiya
qilinadigan ma’lumotlar bazasini yaratishni taklif etadi. Shu boisdan,
o‘qituvchi kadrlarning zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyat-
laridan foydalanib bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish maq-
sadida hamda o‘qituvchilar pedagogik mahoratlarini hozirgi zamon talab-
lari asosida takomillashtirishga mo‘ljallangan masofaviy malaka oshirish
kurslarini tashkil etish tashabbusi bilan chiqadi.
U.Sh.Begimqulov zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiya-
lari sohasida erishilayotgan yutuqlarni inobatga olib, kompyuter texno-
logiyasini quyidagi jihatlarda ta’lim muassasalari pedagogik faoliyati
jarayonlarida qo‘llash samarali bo‘lishini ta’kidlaydi:
|