268
statistik ma’lumotlar, referatlar
kiradi. Ma’lumotlar bazasi axborot
tarkibiga statistik, matnli, grafik va ko‘rinishli axborotlarni cheksiz ko‘p
miqdorda
va albatta, belgilangan shakllardagi ko‘rinishlarini qabul qiladi.
Bilimlar bazasi
esa, yopiq tizimda, mazkur mavzu bo‘yicha qo‘shim-
cha axborotlarga ehtiyoj sezmagan holda va uning har bir elementi,
mantiq jihatdan bog‘langan boshqa elementlarga chiqa olishi bo‘yicha
tuzilmali axborotlashtirilgan tizimga ega bo‘ladi.
Bunda ushbu bilimlar
bazasiga kiritilmagan, ya’ni undan tashqi elementlarga murojaat qilini-
shiga imkon bo‘lmaydi. Bilimlar bazasining birlamchi bibliografik o‘x-
shashliklari sifatida
turli ens iklopediyalar, lug‘atlar xizmat qiladi.
O‘quvchilar bilimi sifatlarini test savollari yordamida aniqlash va
psixofiziologik rivojlanayotganligini tashxis qilish maqsadida kompyuter
tizimiga eksport tizimi qo‘shimcha kiritilgan bo‘lib, bu tizim yordamida
elektron tarmoq orqali bilimlarni baholash va bu masala bo‘yicha yetar-
licha natijalarni aniqlash mumkin.
Bunday dasturiy vositalardan, ta’limdagi
holat va uning maqsadiga
ko‘ra, ba’zan o‘quvchilarning ehtiyojlarini chuqurroq anglash zaruriyati
nuqtai nazaridan, ularning ma’lum fan sohasida bilimlarini tahlil qilish
bo‘yicha boshqa bir hollarda esa, o‘qitishning
psixologik tamoyillarini
hisobga olish maqsadida keng foydalaniladi.
Kompyuter yordamida turli ilmiy axborotlar, o‘quv materiallari bo‘-
yicha axborotlarni tavsiya etishning boy imkoniyatlari, xususan ularga
integrativ kurslarni kiritish, fanning tarixi va metodologiyasi bilan ta-
nishish, turli fanlar bo‘yicha ularning zamonaviy darajasiga oid bilimlar,
madaniyat va ijtimoiy ongga
dahldor bilimlarni kiritish, ta’lim mazmu-
nini sezilarli o‘zgartirish va keskin boyitishga yordam beradi, uni faol-
lashtirish va rivojlantirishda muhim omil bo‘ladi.
Kompyuter vositalari yordamida mustaqil ta’limni tashkil etish nuq-
tai nazaridan tahlil etadigan bo‘lsak, aksariyat uning interfaolligini,
bevosita muloqot yordamida o‘quvchi o‘quv rejasida ko‘rsatilgan, istal-
gan fan sohasida maxsus o‘quv dasturlari
yordamida bilim olish imko-
niyatiga ega ekanligi ma’lum bo‘ladi. Kompyuter vositasi, o‘quvchi yo-
xud o‘qituvchi murojaatlariga «javob beradi», ular bilan bemalol «mulo-
qotga kirishadi», bular kompyuter ta’limi metodikasining asosiy xusu-
siyatlaridan biri sanaladi.
Ayniqsa, kompyuter texnologiyasining ma’lum mavzuni o‘qitish
bo‘yicha yoki alohida didaktik masalalarni hal etishda foydalanish kabi
holatlar («kirib boruvchi» texnologiya nomi bilan mashhur), shuningdek,
269
o‘qitishda ma’lum
texnologiyaning asosiy, aniqlovchi va eng muhim
tavsiflovchisi sifatida kompyuterni qo‘llanish holatida kompyuter va bosh-
qa texnologiyalar orasidagi munosabatlar masalasi juda dolzarb sanaladi.
Kompyuterli o‘qitish metodikasining boshqa bir muhim xususiyati, u
o‘qitish jarayonining barcha bosqichlarida, jumladan, yangi o‘quv mate-
rialini tushuntirishda, qaytarishda, umumlashtirishda, o‘quvchilarning
ma’lum fan bo‘yicha
erishgan bilim, malaka va ko‘nikmalarini tekshi-
rishda namoyon bo‘ladi. Bunday jarayonda o‘qituvchi kompyuterning
o‘quvchi uchun turli vazifalarni, xususan o‘qituvchilik, ishchi qurol, ta’-
lim obyekti, o‘zaro muloqot kabi funksiyalarni bajarishini bilishi kerak.
Bunda o‘qituvchining vazifasi dars jarayonida o‘quvchilarni kompyu-
terdan to‘g‘ri foydalanishlarini nazorat qilishdan iborat:
Dostları ilə paylaş: