264
Bilimlarni o‘zlashtirish fikrlashni rivojlantiruvchi muhim omil hisob-
lansada, bilimlarni har qanday o‘zlashtirish yoki egallash o‘quvchining
fikrlashiga rivojlantiruvchi ta’sir ko‘rsatmaydi. Buning uchun bilimlarni
o‘zlashtirishning faoliyat shakllarini faollashtirish lozim. Egallangan bi-
limlarni oddiygina qaytarish o‘quvchilarning mustaqil fikrlashlarini rivoj-
lantirishda yetarli manba bo‘lolmaydi. Faol bilish, mustaqil fikrlash fao-
liyati juda zarurdir. Bilimlarni mustaqil egallash faoliyati va olingan
bilimlarni qo‘llash jarayoni yangi bilimlarning shakllanishiga, o‘quv-
chining samarali fikrlash manbaiga aylanadi.
Shu sababdan mamlakatimizda va jahonning rivojlangan davlatlarida
ta’lim sohasini isloh qilish jarayonida pedagogik texnologiyalarning
rivojlanishi, zarur axborotlarni mustaqil izlab topish, muammoni qo‘ya
bilish va uning echimini hal etish, olingan bilimlarni tanqidiy tahlil eta
olish va ushbu bilimlar asosida yangi masalalarni echishda qo‘llash
uchun yo‘naltirilgan. Endilikda shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning zaruriy-
ligi barchaga ayon bo‘lmoqda.
Dostları ilə paylaş: