O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov


ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   284
ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA 
O‘QITUVCHINING PEDAGOGIK FAOLIYATIDA: 

ta’limning texnologik asosini zamon talablari darajasida rivoj-
lantirish bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab jarayon engillashadi; 

dars jarayonini zamonaviy texnik vositalar asosida tashkil etish 
uchun maxsus ko‘nikma va malakalar shakllantiriladi

masofaviy kurslarning ochiqligi tufayli ularning sifatiga bo‘lgan 
talablar va o‘quv materiallarining sifatini nazorat qilishga ehtiyoj 
paydo bo‘ladi; 

talim jarayonida o‘quvchilarning mustaqil faoliyati takomil-
lashadi, dars jarayonining samaradorligi o‘qituvchidan o‘quv-
chiga ko‘chadi; 

o‘quv jarayonini tashkil etishda, o‘quvchining tashkilotchiligi va 
shaxsiy ishtiroki ortadi; 

zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish aso-
sida o‘qituvchi pedagogik faoliyatida har bir o‘quvchi bilan teska-
ri aloqasi vujudga kelishi ta’minlanadi. 
21-chizma 
Jamiyatning har bir a’zosi, o‘zining kundalik faoliyatida, uzluksiz 
ravishda turli axborot resurslaridan foydalanadi. Doimiy ravishda ortib 
borayotgan axborotlar hajmi jamiyatdagi intellektual salohiyatning oshi-
shiga xizmat qiladi. Modomiki shunday ekan, o‘qituvchi ham o‘z kasbiy 
va pedagogik mahoratini zamonaviy axborot texnologiyalari oqimi aso-
sida oshirib borishi mumkin. Har bir o‘qituvchi mehnat faoliyati jarayo-
nida axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishi uchun avvalo o‘z 
axborot muhitini shakllantirishga zamin yaratishi kerak. Zamonaviy 
axborot texnologiyalari o‘z muhitida axborot obyektlarini, ularning o‘za-
ro aloqasini, axborotlarni yaratish, tarqatish, qayta ishlash, to‘plash tex-


263 
nologiyalari va vositalarini, shuningdek, axborot jarayonlarining tashkiliy 
va huquqiy tarkibini mujassamlashtiradi. 
Hozirgi kunda o‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarning 
imkoniyatlari va talablarini inobatga olishi zarur. O‘qituvchi tomonidan 
targ‘ib etilayotgan ta’lim va tarbiya tizimi shaxsga yo‘naltirilgan xarak-
terda bo‘lishi, ya’ni shaxsning har xil xususiyatlari va sifatiga e’tibor 
qilgan holda tabaqalashtirilgan bo‘lishi kerak. 
Har qanday ta’lim va tarbiya tizimi ma’lum bir ijtimoiy, ilmiy-tex-
nik, iqtisodiy, madaniy va nihoyat, siyosiy muhitda shakllanadi va rivoj-
lanadi. Bu muhitlarning eng ustuvori ijtimoiy-iqtisodiy omillardir. Ilmiy-
texnik taraqqiyot, madaniy va siyosiy muhit ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarish-
larni rivojlantirishi yoki sekinlashtirishi mumkin. Ta’lim tizimi jami-
yatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishining asosiy vazifalarini 
amalga oshirishga xizmat qiladi, chunki umumta’lim maktablari, oliy 
ta’lim muassasalari insonni iqtisodiyot, madaniyat, siyosiy jihatdan 
hayotda qizg‘in faoliyat ko‘rsatish uchun tayyorlaydi. Shuning uchun 
ham ta’lim muassasalari o‘qituvchisi ta’lim-tarbiya jarayonining tayanch 
bo‘g‘ini sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. 
Shu bilan bir qatorda, hozirgi kunda umumta’lim maktablari va oliy 
ta’lim muassasalari o‘qituvchilari o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar 
va ilmiy-texnik taraqqiyot o‘zining ifodasini kechikib topmoqda. O‘qi-
tuvchi va o‘quvchilarning fikrlashi va qabul qilish faoliyatida yangi g‘o-
yalar, yangi zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish ma’lum 
bir vaqtni talab etadi. 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin