272
tish bilan o‘quvchi shaxsiga kuchli ta’sir etadi. Shu xilda o‘quvchini ob-
yektiv baholash asosida unda adekvat ravishda o‘z-o‘zini baholash imko-
niyati tug‘iladi va o‘z muvaffaqiyatlariga tanqidiy munosabatning shakl-
lanishi qayd etiladi. Shu nuqtai nazardan o‘quvchi bilim, ko‘nikma va
malakalarini baholash, ayniqsa, bilimlarini
nazorat qilishning kompyu-
terlashtirilgan tizimi, zamonaviy axborot-pedagogik tizimlarida, ularda
bilimni nazorat qilishni tashxisiy ahamiyati va haqqoniyligini samarali
bajarish maqsadida tinmay izlanishlar va takomillashtirish
ishlarini olib
borish taqozo qilinadi. Mazkur masalaning echimi o‘qitishning maqsadga
muvofiq va haqqoniy bo‘lishida, iloji boricha aniq va asoslangan usul
sifatida qayd qilingan.
Kompyuter texnologiyalari asosidagi o‘quvchilar bilimini nazorat qi-
lish faqat mutaxassis o‘qituvchilar tomonidan emas, balki pedagogik jara-
yon ishtirokchilari tomonidan ham amalga oshirilishi maqsadga muvo-
fiqdir. Bunday texnologiyalarni monitoring tizimida
joriy qilishda peda-
gogik jarayon ishtirokchilarining axborotga, bilimga bo‘lgan ehtiyoj va
ishtiyoqlarini faollashtirishga erishish zarur.
O‘quvchilar bilimi, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish
kompyuter
tizimining asosiy maqsadi, ular erishgan yutuqlar va
muvaffaqiyatlarni aniqlash, uni takomillashtirish yo‘llarini ko‘rsatish, shu
asosda o‘quvchilarga samarali ijodiy faoliyat ko‘rsatish uchun sharoit
yaratishdan iborat. Bu maqsad, birinchi navbatda, o‘quvchilar tomonidan
o‘quv materiallarini o‘zlashtirish sifati bilan, ya’ni o‘quv
dasturida
belgilangan bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash darajasi bilan
bog‘liq. Ikkinchi tomondan, kompyuter nazoratining asosiy maqsadini
aniqlashtirish, o‘zaro,
shuningdek, o‘z-o‘zini nazorat qilish bo‘yicha
yondashuvlarni amalga oshirish hamda o‘zaro va o‘z-o‘zini nazorat
qilishga bo‘lgan ehtiyojning shakllanishi bilan bog‘liq. Uchinchidan esa,
bu maqsad o‘quvchilarda bajarilgan ish uchun javobgarlikning namoyon
bo‘lishi kabi shaxsning ijobiy sifatlarini tarbiyalashga qaratilgan bo‘ladi.