277
Bilimlarni amaliy - laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish orqali
tekshirish
.
Ushbu usul yordamida, o‘quvchilarning erishgan nazariy
bilimlari asosida amaliy masalalarni echish, turli jadvallardan,
formula-
lardan, chizmalar va o‘lchash asboblaridan unumli foydalanish ko‘nik-
masi va malakalari tekshiriladi.
Amalda masalalar echishda o‘quvchidan masalalarni echishning algo-
ritmini tuzish talab etiladi, chunki bunday tekshirishda o‘quvchi faoliyatining
mantiqiy ketma-ketligi to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi ma’lum bo‘ladi.
Shunday qilib, o‘qituvchi tomonidan tekshirishning turli metodlari
qay darajada muvaffaqiyatli ekanligi tanlanganligi, o‘quvchilar
bilim-
larini odilona baholashda muhim ko‘rsatkichlardan sanaladi.
Zamonaviy axborot texnologiyalari muhitida pedagogik jarayonlarni
quyidagicha samarali tashkil etish mumkin:
- o‘qituvchilar o‘rtasida mehnat taqsimotini to‘g‘ri tashkil etish;
- masofaviy o‘quv kurslari va elektron adabiyotlarning yaratuvchisi
bo‘lgan jamoaga o‘qituvchilar, kompyuter dasturchilari va mutaxassisla-
rining birlashuvi;
- pedagogik jarayonning tashkil qilinishini takomillashtirish va o‘qi-
tuvchi faoliyati samaradorligining monitoringini olib borish.
Yangi zamonaviy axborot texnologiyalari asosida o‘qituvchilarning
pedagogik mahorati oshirish uchun:
- ta’limda texnologik asoslarning tez rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘l-
gan yangi kurslarni yaratish;
- o‘quv kurslarini yaratish asosida o‘qituvchilarning ko‘nikma va
malakalarini
shakllantirish;
- masofaviy kurslarning ochiqligi tufayli ularning sifatiga bo‘lgan
talablarning va o‘quv materiallari sifatini nazorat qilishga oid ehtiyoj-
larning qondirilishi;
- o‘quv jarayonida o‘quvchi faoliyatining ustuvor mavqe tutishini, o‘quv
jarayoni salmog‘ining o‘qituvchidan o‘quvchiga ko‘chishini ta’minlash;
- yangi kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish asosida, o‘qi-
tuvchining har bir o‘quvchi bilan teskari aloqasining vujudga kelishini
amalga oshirish.
Dostları ilə paylaş: