O‘qituvchilarning zamonaviy axborot texnologiyalari
imkoniyatlaridan foydalanish malakalarini shakllantirish
O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy
omillaridan biri, bu ta’lim jarayonlariga zamonaviy axborot va kommu-
nikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘lib, respublikamiz Prezidenti
278
I.A. Karimov bu masalada
“…bugun hayotimizga chuqur kirib bora-
yotgan internet tizimini keng joriy etish, yoshlarimizni O‘zbekistonning
qadimiy va boy tarixi, ezgu qadriyatlarimiz, yuksak axloqiy fazilatlar
ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan milliy axborot resurslarini shakl-
lantirish va rivojlantirish, bu borada o‘zbek tilining imkoniyatlaridan
samarali foydalanish masalasi doimo e’tiborimiz markazida turishi lo-
zim”
ligini ta’kidlaydi.
Bunday vazifalarni bajarish «Kadrlar tayyorlash milliy modeli»ni
amalga oshirishning bosqichlarida belgilab berilgan, uning kelajakdagi
istiq boli Prezidentimiz tomonidan ilmiy asoslab berildi. Modelni ama-
liyotga tatbiq etish o‘quv jarayonini texnologiyalashtirish bilan uzviy
bog‘liqdir. Ilmiy texnikaviy taraqqiyot ishlab chiqarishning ko‘p sonli
tarmoqlari bilan bir qatorda ta’lim sohasiga ham zamonaviy axborot
texnologiyalarini joriy etishni taqozo etmoqda. Shu bois, “Kadrlar tay-
yorlash milliy dasturi”da “o‘quv-tarbiyaviy jarayonni ilg‘or pedagogik va
axborot texnologiyalari bilan ta’minlash“ zaruriyati e’tirof etildi, uning
ikkinchi va uchinchi bosqichlarida bajariladigan jiddiy vazifalardan biri
sifatida belgilandi.
Nima uchun bugungi kunda ta’limda axborot texnologiyalarini joriy
etishning nazariy asosini yaratish va amaliyotga tatbiq etish zaruriyati
paydo bo‘ldi? Birinchidan, o‘qituvchini o‘quv jarayonining tashkilotchisi
sifatida emas, balki bilimlarni egallash manbalaridan biriga aylanib qola-
yotganligini ta’kidlash mumkin.
Ikkinchidan, ilmiy-texnik taraqqiyotning rivojlanayotgan bosqichida
axborotlarning keskin ortib borayotganligi va ulardan o‘qitish jarayonida
foydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi, shuningdek, o‘quvchilarni
kasbiy faoliyatga mukammal tayyorlash talablari ta’lim tizimiga zamo-
naviy texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda.
Ta’lim tizimini isloh qilishning muhim yo‘nalishlaridan biri –axborot
va telekommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’lim jarayonini tizimli
integratsiyalash va uni boshqarish hisoblanadi. Islohotlar jarayonida bosh
vazifa qilib, o‘quv jarayonini tashkil etish, uning mazmunini tubdan yan-
gilash, kompyuterlashgan muhitda o‘qituvchilarning pedagogik faoliyati
va o‘quvchilarning bilim olish jarayonini tashkil etish bilan belgilanadi.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da kadrlar tayyorlash tizimini
mukammallashtirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida ta’lim
tizimining yaxlit axborot makonini yaratish alohida ta’kidlab o‘tilgan.
Unda ta’limning zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirish
va kompyuter tarmoqlari negizida rivojlanib borishi belgilangan.
279
Zamonaviy axborot texnologiyalarining ta’limni intensivlashtirish va
optimallashtirish imkoniyatlari masofaviy malaka oshirishni tashkil
etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun umumiy o‘rta ta’lim
maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘qituvchi
kadrlari malakasini oshirishdan asosiy maqsad o‘qituvchilarda zamona-
viy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanib bilim, ko‘nikma
va malakalarini hamda pedagogik mahoratlarini shakllantirishdir.
Bugungi kunda pedagogik ta’lim samaradorligini oshirish bilan
bevosita aloqador bo‘lgan bir qator, hozirgacha echimi topilmagan mu-
ammolar mavjud. Bu muammolar ta’lim sohasini axborotlashtirish, za-
monaviy axborot texnologiyalari sohasida o‘qituvchi kadrlar tayyorlash,
o‘qituvchilarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan
foydalanish malakasining yetarli emasligi bilan bog‘liq.
Bu muammolarning muhim qirralaridan biri sifatida o‘qituvchilar-
ning o‘zlarida ta’limni zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihoz-
lashga bo‘lgan munosabatlarini ko‘rsatish mumkin. Shu narsani ta’kid-
lash joizki, axborotlashtirish sharoitida o‘qituvchining pedagogik maho-
rati hozirgi zamon talablari darajasida yanada oshadi.
Hozirgi kunda barcha ta’lim muassasalari zamonaviy kompyuter va
telekommunikatsiya texnologiyalari asosida jihozlanmoqda. Bu, o‘z nav-
batida, o‘qituvchilarning o‘z mehnat faoliyatlariga yangicha yondashuv-
larini talab etadi. O‘quv jarayonida yangi texnologiyalarni joriy etilishi,
o‘qituvchini texnik vositalar tomonidan siqib chiqishga emas, balki uning
vazifalari, rolini o‘zgartiradi, o‘qituvchilik faoliyatini yanada serqirra
kasbga aylantiradi.
Kompyuter va zamonaviy axborot texnologiyalarining jadal sur’atda
rivojlanishi endilikda hozirgi zamon o‘qituvchisining pedagogik mahorati
naqadar serqirra ekanligini namoyon etmoqda. Hozirgi kunda zamonaviy
o‘qituvchidan:
-
o‘quv kurslari dizayneri
– o‘quv kurslarining yaratuvchisi;
-
fasiliteytor
– o‘qitish metodlari bo‘yicha maslahatchi;
-
tyutor
–o‘quv kurslarini interfaol taqdim etish bo‘yicha mutaxassis;
-
invigilator
–
ta’lim natijalarini nazorat qilish usullari bo‘yicha
mutaxassis bo‘lishni talab etmoqda.
Zamonaviy texnologiyalar, masofaviy oliy pedagogik ta’limni yangi-
cha tashkil qilinishiga zamin yaratadi. Bunday ta’limda o‘qituvchilar,
kompyuter dasturchilari va mutaxassislari yordamida o‘qituvchilarning
yangicha malaka oshirish kurslarini tashkil etish talab qilinadi. Masofaviy
o‘qitish kurslarini yaratishda dastlab:
280
- kurslarning maqsadi;
- maqsadga erishish yo‘llari;
- o‘quv materiallarini taqdim etish usullari;
- o‘qitish metodlari;
- o‘quv topshiriqlarining turlari;
- muhokamalar uchun savollar;
- munozara va bahslarni tashkil etish yo‘llari;
- o‘zaro aloqa usullari va kommunikatsiya singari omillarni aniqlash
lozim.
O‘qituvchi kadrlar pedagogik mahoratlarini oshirish maqsadida
masofaviy
malaka oshirishlari nuqtai nazaridan kelib chiqib,
tinglovchilarda zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan
foydalana olish bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga
qaratilgan. «Ta’limda axborot texnologiyalari» kursi U.Sh.Begimqulov
tomonidan taklif etilgan hamda mazmun va me’yor jihatidan mukammal
ishlab chiqilgan bo‘lib, o‘qituvchilarning pedagogik mahoratlarini hozirgi
zamon talablari asosida takomillashtiradi.
Shuningdek, kursning maqsadi – o‘qituvchilarda zamonaviy axborot
texnologiyalari, kasbiy faoliyat va axborot jamiyati uchun zarur bo‘lgan
texnik vositalar va dasturiy ta’minot borasidagi bilim, ko‘nikma va
malakalar shakllantiriladi, zamonaviy axborot texnologiyalarini ta’lim
jarayonida, shuningdek, kasbiy faoliyatlarida har qanday muammolarni
echishda qo‘llashni o‘rganadilar. Dastlab o‘qituvchilar boshlang‘ich
tayyorgarlik darajasida quyidagi talablarni o‘zlashtiradilar:
matn muharririning asosiy obyektlari va ular ustida bajarilishi
mumkin bo‘lgan amallarni bilishi;
matnni tahrirlash va formatlash uchun matn muharririni qo‘llay
olishi;
grafik axborotlarni taqdim etishning rastr va vektor usullarini
o‘rinli qo‘llay olishi;
grafik muharrirning asosiy obyektlari va ular ustida bajarilishi
mumkin bo‘lgan amallarni bilishi;
tasvirni yaratish va tahrirlash uchun grafik muharrirni qo‘llay
olishi;
elektron jadvallarning imkoniyat va vazifalarini tushungan holda
ishlata olishi;
diagrammalar yaratishni bilishi;
elektron jadvallarni masalalar echishda qo‘llashi;
281
ma’lumotlar bazasining imkoniyati va vazifalarini tavsiflashi;
ma’lumotlar bazasining turlarini tavsiflashi;
ma’lumotlar bazasining asosiy obyektlari va ular ustida bajarilishi
mumkin bo‘lgan amallarni bilishi;
oddiy ma’lumotlar bazasini yarata olishi;
yozuvlarni saralash va qidirishni amalga oshirishi.
Kursning modul tuzilishini quyidagilardan iborat etib belgilash
mumkin:
1-modul. Ta’limda axborot va kommunikatsiya texnologiyalari.
2-modul. Pedagogik dasturiy vositalar.
3-modul. Elektron o‘quv materiallarini yaratish texnologiyalari.
4-modul. O‘qitishning zamonaviy texnik vositalari.
Bunda o‘qituvchilar o‘z pedagogik mahoratlarini quyidagi modullar
mazmunini o‘zlashtirgan holda boyitib boradilar:
Dostları ilə paylaş: |