O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov


Zamonaviy axborot texnologiyalarini ta’lim va tarbiya jarayonida



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə174/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   284
Zamonaviy axborot texnologiyalarini ta’lim va tarbiya jarayonida 
qo‘llay olish bo‘yicha o‘qituvchilar pedagogik mahoratning 
quyidagi ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishlari kerak: 

axborotlarni saqlash, qayta ishlash, tarqatish va namoyish qilish tamo-
yillarini bilishi; 

ta’limda qo‘llash mumkin bo‘lgan texnik vositalar va ularning tavsif-
larini bilishi;

ta’lim jarayoni va ilmiy izlanishlarda Internetdan foydalanishi;

ta’lim jarayonida kompyuter texnikasidan foydalanish metodologi-
yasini bilishi; 

dasturiy ta’minotning asosiy turlarini bilish va ulardan foydalanishi;

fan sohasida ilmiy izlanishlarning dasturiy ta’minotidan foydalanishi;

ta’lim jarayonida amaliy masalalarni yechishda axborot tarmoqlarini 
qo‘llashi; 

masofaviy ta’lim elektron o‘quv-metodik resurslaridan foydalanishi; 

multimediali hujjat va loyihalarni yaratishni bilishi; 

interaktiv interfeysning asosiy xossalari va vazifalarini tavsiflashi

turli darajadagi kompyuter tarmoqlarining imkoniyat va vazifalarini 
tavsiflashi;

kompyuter tarmoqlari orqali olinadigan axborot xizmatlari turlarini 
tavsiflashi;

elektron pochta ishining asosiy tamoyillarini tushunishi; 

gipermatn texnologiyasi asosini tushunishi

Internetning asosiy texnologik tamoyillarini tushunishi; 

HTML asoslarini bilishi; 

Web-sahifa va Web-saytlar yarata olishi; 

fanlarni o‘qitishda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanishi; 

pedagogik dasturiy vositalardan foydalana olishi; 

zamonaviy dasturlash tillari haqida tushunchalarga ega bo‘lishi; 


284 

fanlarni o‘qitishda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish-
ning maqsadi, mazmuni va vazifalarini bilishi

axborot texnologiyalarini o‘qitishda joriy etishning didaktik tamoyil-
larini bilishi; 

axborot texnologiyalaridan darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil 
etishi va uning mazmunini yarata olishi; 

axborot texnologiyalaridan mustaqil ta’limni tashkil etishda foyda-
lanishi; 

ilg‘or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va ulardan dars jara-
yonida foydalanishi; 

o‘z-o‘zini takomillashtirish, rivojlantirish, nazorat qilish ko‘nik-
malariga ega bo‘lishi; 

axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash sohalarini bili-
shi; 

axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalari va ularning di-
daktik imkoniyatlaridan foydalana olishi; 

Internet ta’limiy resurslari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi; 

axborot va kommunikatsiya texnologiyalari tuzilmasi va ta’minotini, 
texnik va dasturiy vositalarini egallashi; 

pedagogik dasturiy vositalarni va ularni yaratish tamoyillarini bilishi; 

pedagogik dasturiy vositalarni yaratish texnologiyasini o‘zlashtirishi; 

pedagogik dasturiy vositalarni tanlay olishi; 

pedagogik dasturiy vositalardan o‘quv jarayonida samarali foydalana 
olishi. 
O‘qituvchilar masofaviy o‘qitish kurslarini yaratishda ta’lim oluv-
chilar motivatsiyasi, o‘quv maqsadlarining qo‘yilishi, o‘quv material-
larini qabul qilishga sharoitlar yaratish, o‘quv materiallarini etkazish
teskari aloqa, baholash kabi talablarni inobatga olishlari zarur. 
Taklif etilayotgan «Ta’limda axborot texnologiyalari» kursini 
malaka oshirish tizimida joriy etilishi o‘qituvchi kadrlarning innovatsion 
bilimlarni egallashlarida muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlardan 
mo‘ljallangan vazifalarni amalga oshirish zamonaviy axborot texnolo-
giyalaridan keng foydalanishni hamda o‘quvchilarda omilkorlikni shakl-
lantirish maqsadida internet – resurslardan keng foydalanishni ko‘zda 


285 
tutadi, bu esa o‘z navbatida o‘qituvchi kasbiy madaniyatining bir qismi 
va umumta’lim maktablarida ta’lim muhitini tegishli o‘zgarishi sifatida 
o‘qituvchilarning yuqori saviyadagi axborot madaniyatiga ega bo‘lishini 
ko‘zda tutadi. 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin