287
Pedagogik mahorat tarkibiy tuzilishida axborot madaniyatining
imkoniyatlarini oshirish zaruriyati quyidagi omillar bilan aniqlanadi:
axborot hajmining keskin ortishi;
zamonaviy fan integratsiyasi va differensiatsiyasi tufayli yuzaga
kelgan axborot tarqalishining muqarrarligi;
ilmiy va ijtimoiy paradigmalar almashinuvi tufayli bilimlarning
juda tez eskirishi.
O‘qituvchilarning axborot madaniyatini shakllantirish va rivojlan-
tirish ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning ajralmas qismi
ekanligi shubhasizdir.
Kompyuterda ishlashning oddiy ko‘nikmalari o‘qituvchining kasbiy
axborot faoliyatini takomillashtirishdagi birinchi qadamdir.
O‘qituvchining axborot madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish
ta’lim muassasasi ma’muriyati, xususan, direktorning axborotlashtirish
ishlari bo‘yicha muovini, munitsipial metodik xizmatlar, malaka oshirish
institutlari zimmasiga yuklatiladi.
Ta’lim muassasalari darajasidagi faoliyatlar
Dostları ilə paylaş: