274
liklar, yetishmovchiliklar, xatolar haqida, xatolarning soni hamda xarak-
teri haqida ma’lumot olishga yordam beradi. O‘qitish jarayonida tashxis
qilish orqali nazorat ma’lum darajada ta’limning
samarali metodikasini
tanlashga yordam berishi bilan muhim sanaladi.
Kompyuter texnologiyalari asosida o‘qituvchi o‘quvchilar bilimini
nazorat qilishda, uning
bashorat etuvchi
vazifasidan, ya’ni, ta’lim-tarbi-
yaviy jarayon haqida,
uning kelajagi, oldindan ko‘ra bilish mumkin
bo‘lgan holatlari to‘g‘risida axborotlarni oladi.
U o‘quv jarayonining ma’lum bosqichida o‘quv materialining ma’-
lum qismi bo‘yicha mo‘ljallangan aniq bilim, ko‘nikma
va malakalar
yetarlicha shakllangani, yoxud shakllanmaganligini bashorat qilish asosi-
da nazorat olib borish imkoniyatini beradi. Ma’lum ilmiy bashorat bo‘yi-
cha erishilgan natijalar o‘quvchilarning kelajakdagi faoliyatlari modelini
yaratish uchun qo‘llaniladi. Bunday bashorat o‘qituvchining kelajakda
o‘qitishni rejalashtirish va amalga oshirish uchun aniq xulosalar olishiga
yordam beradi.
Bilimlarni
nazorat qilishning
Dostları ilə paylaş: