14.2. Ta’lim-tarbiya jarayonida kompyuter texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish Kompyuter texnologiyalari (kompyuter savodxonligi)dan foydala-
nishda, o‘qituvchi uning mazmuniga ko‘ra bir qancha vazifalarni baja-
rishi mumkin. Faol foydalanish imkoniyatiga ega kompyuter texnologi-
yalari quyidagi asosiy didaktik funksiyalarni bajaradi:
- multimedia texnologiyasini qo‘llash evaziga o‘quvchilarda fanlarga
qiziqishni rivojlantiradi;
- bunda ta’limning interfaolligi tufayli o‘quvchilarning fikrlash
qobiliyatlari faollashadi va o‘quv materialini o‘zlashtirish samaradorligi
oshadi;
- real holatlarda namoyish qilinishi qiyin yoxud murakkab bo‘lgan
jarayonlarni modellashtirish va ko‘rish imkoniyatini berishi bilan muhim
ahamiyatga ega ;
- o‘quv materiallarini o‘zlashtirilishi faqat darajasiga ko‘ra emas,
balki o‘quvchilar erishgan mantiqan qabul qilishlarining darajasiga ko‘ra
ham samarali hisoblanadi;
- masofadan turib ta’lim olishni faqat o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar
yoki internet ta’limi uchun tashkil etilmaydi, balki sababsiz dars qol-
dirgan o‘quvchilar uchun ham tashkil etish imkoniyatini beradi;
- o‘quvchilarga mustaqil izlanish yo‘li bilan materiallarni izlash, to-
pish hamda muammoli masalalarga javob berish orqali ma’lum tadqiqot
ishlarini bajarish uchun imkoniyat yaratadi;
- o‘quvchilarning yangi mavzuni o‘zlashtirishi, misollar echishi,
insho, bayon yozish ishlarida, o‘quv materiallari bilan mustaqil tanishish,
tanlash va axborot hamda ma’lumotlarni tahlil etish kabi masalalarni tez
bajarish uchun sharoit yaratadi.
Ma’lumki ta’lim mazmunini takomillashtirishning bosh xususi-
yatlaridan biri kompyuter bilan muloqot jarayonida uning doimiy muro-
jaat qilinadigan «qo‘llab-quvvatlovchi axborot»ini ko‘paytirish, kompyu-
ter axborot muhiti va hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan
darajadagi axborot bazasining yaratilganligi, gipermatn va multimedia,
o‘qitishda immitatsiya, kommunikatsiya tizimlari qabul qilingan.