ZAMONAVIY AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINI TA’LIM MUASSASALARI PEDAGOGIK FAOLIYATIDA QO‘LLASH
- ta’lim muassasasi hujjatlarini kiritish va shakllantirish;
dars jadvallarini tuzish;
- ta’lim muassasasi o‘qituvchilari hamda o‘quvchilar bo‘yicha
ma’lumotlar bankini yaratish va undan foydalanish;
- o‘qituvchilar faoliyatining monitoringini yaratish;
- o‘quv muassasasi faoliyatini tezkor boshqarishning interfaol telekon-
ferensiya, virtual maslahatlar, muhim axborotlarni o‘qituvchilarning
jamoaviy yoki shaxsiy kompyuterlari displeyi ekraniga tashlash orqali
tez tashkil etish;
- ta’limni boshqarish yoxud boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan
elektron pochta orqali bog‘lanish sharoitini yaratish;
- boshqa o‘quv muassasalari, jumladan chet el muassasalari bilan
ijodiy bog‘lanishni tashkil etish;
- internet tizimi yordamida axborot izlash va uni tanlash.
TA’LIM MUASSASALARI O‘QUV FAOLIYATIDA ESA:
-axborot kommunikatsion va axborot texnologiyalarini majburiy
o‘rganishni tashkil etish;
-barcha fanlar bo‘yicha o‘rgatuvchi dasturlardan foydalanish;
-kompyuterda yozilgan testlar yordamida o‘quvchilarning
o‘zlashtirishini nazorat qilish;
-kutubxonalar kataloglaridan foydalanish va ommabop kutubxona-
lardagi kitoblarga internet orqali buyurtma berish;
-o‘qituvchilarning metodik ishlanmalari, ma’ruza matnlari va boshqa
o‘quv qo‘llanmalarini nashrga tayyorlash;
-internet tizimidagi ma’lumotlardan foydalanib, o‘tilgan mavzu
asosida o‘quvchilar tomonidan ma’ruzalar va referatlarni mustaqil
tayyorlashga erishish;
-O‘quv va badiiy adabiyotlarning elektron matnlaridan foydalanish;
-ko‘nikma va malakalarni oshirishda maxsus ensiklopedik lug‘atlardan
foydalanish imkoniyatini yaratish lozim.
22-chizma .