O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   284
-
tarbiya jarayonida, har-xil
 
majburiyat-
larni bajarishdagi yuksak natijalar va kamchiliklarning hisobga olinishini 
nazarda tutadi, bu esa muayyan bir o‘quvchining kasbga yo‘naltirilganligi 
xususiyatlari, uning xarakteri, hayotiy holatining shakllanganlik darajasi 
va boshqa faoliyatlari to‘g‘risida xulosa chiqarishga imkon beradi. 
Bayon etilgan metodlardan tashqari o‘quvchining tarbiya ko‘rganlik 
darajasini aniqlash (diagnostika)da boshqa bir qator metodlar ham peda-
gogik-psixologik adabiyotlarda batafsil yoritib berilgan. Ularning har 
biri, umumiy maqsadga erishishni ta’minlagan holda, maxsus hodisalarni 
tahlil qilish asosida unga erishilishini nazarda tutadi: 

hujjatlarni tahlil qilish metodi — o‘quvchi shaxsini o‘rganishga 
oid hujjatlarning mazmuni (tavsifnomalar, taqrizlar, tavsiyanomalar va 
boshqalar); 

tajriba metodi — o‘qituvchilarning fikrlariga ko‘ra, zarur bo‘lgan 
sifat albatta namoyon bo‘ladigan maxsus tashkil etilgan shart-sharoitlarda 
tarbiya ko‘rganlikning namoyon bo‘lishi; 

anketalashtirish metodi (intervyu) — oldindan tayyorlab qo‘yilgan 
savollarga o‘quvchi tomonidan beriladigan yozma yoki og‘zaki 
javoblarning mazmuni; 


258 

mustaqil xususiyatlar metodi — boshqa shaxslarni muayyan bir 
insonning tarbiya ko‘rganligi to‘g‘risida fikr va mulohazalarini baholash 
va muhokama qilish; 

tarjimai hol metodi — shaxs hayotida oldingi mehnat faoliyati 
davrining ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan yoritilishi. 
Shuni hisobga olish joizki, ko‘rib chiqilgan umumiy metodlarni qo‘l-
lash o‘qituvchiga tarbiya ko‘rganlik darajasi to‘g‘risidagi o‘quvchi haqi-
dagi xulosani shakllantirish uchun yetarli darajada mukammal ma’lumot-
larni beradi. Biroq, ulardan har biri alohida natijalarning to‘liq obyek-
tivligini ta’minlamaydi. Mazkur ko‘rsatkich ularni tizimli qo‘llashda 
shart-sharoitlarni oshirish mumkin. 
Tarbiya ko‘rganlikni aniqlash (diagnostika) natijalarining ishonch-
liligini oshirishning yana bir sharti sifatida uchinchi guruh metodlaridan 
— maxsus xususiy metodlardan foydalanish tavsiya etiladi. Ular ko‘-
pincha professional psixologlar tomonidan psixologiya tarmoqlaridan biri 
bo‘lgan psixologik diagnostika (psixodiagnostika) doirasida qo‘llaniladi. 
Ushbu maqsadda ko‘pincha o‘quvchining maxsus ishlab chiqilgan so‘-
rovnomada bayon etilgan savollarga javoblarini tahlil qilish asosida 
tarbiya ko‘rganlik darajasining diagnostikasini ko‘zda tutadigan so‘rov 
uslubi qo‘llaniladi. Hozirgi vaqtda G.Ayzenk, R.Kettel, Dj.Teylor, 
Ya.Strelyau kabi xorijlik psixologlarning har bir millat mentalitetiga 
moslashtirilgan shaxsiy so‘rovnomalari hamda mahalliy psixologlarning 
bir qator ishlanmalari keng tarqalgan. 
Shuningdek, ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda kompyuter texnologi-
yalari yordamida amalga oshirilayotgan so‘rov uslubiyotlari ishlab chiqil-
moqda va amaliyotga tatbiq etilmoqda. Bu ularga kira olish va uning 
nafaqat professional psixologlar, balki turli toifadagi o‘qituvchilar tomo-
nidan qo‘lanilishi imkoniyatini kengaytiradi. Ulardan o‘z-o‘zini diagnos-
tika qilishda ham qo‘llanilishi mumkin.
Yuqorida bayon etilgan fikr-mulohazalarga tayangan holda o‘qituv-
chi tarbiyachi sifatidagi faoliyatida quyidagi jarayonlarni bilishi lozim: 
1.
Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba 
asosida shaxsni har tomonlama rivojlantirish, uning ongi, xulq-atvori va 
dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni bo‘lib, har qanday tuzum va 
zamonda ijtimoiy munosabatlar mazmunini aniqlash, ularni tashkil etish 
asosi bo‘lib kelgan. 
2.
Yosh avlod tarbiyasi turli makon va zamonda muayyan maqsad 
asosida tashkil etiladi. Ijtimoiy tarbiyani yo‘lga qo‘yish jarayonida bir 


259 
qator vazifalar hal etiladi. Tarbiyaning maqsad va vazifalari ijtimoiy 
tuzum mohiyati, taraqqiyot darajasi, ijtimoiy munosabatlar mazmuni
shuningdek, jamiyat fuqarolarining dunyoqarashi, intilishlari, orzu-niyat-
lari asosida belgilanadi. 
3.
Tarbiya jarayonining xususiyatlarini chuqur anglash va ularni ino-
batga olgan holda tarbiyani tashkil etish oldinga qo‘yilgan maqsadga 
erishish, shuningdek, belgilangan vazifalarni ijobiy hal etish imkoniyatini 
beradi. 
4. O‘qituvchi pedagogik texnologiyaga oid bilimlar bilan bir qatorda 
tarbiya texnologiyasiga oid bilimlarga ham ega bo‘lishi shart: o‘qituvchi 
xatti-harakatlarining algoritmi, tarbiyalash shakllarini bilishi, har qanday 
tarbiyalash metodini amalga oshirish bo‘yicha barcha operatsiyalarni 
mukammal bajara olishi lozim.

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin