230
Ixtiyoriylik.
Tarbiyalanuvchilarning iroda erkinligisiz tarbiya g‘oya-
lari mohiyatini qaror toptirish mumkin emas. “Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi”da va ta’lim-tarbiyani yanada takomillashtirishga qaratilgan qator
hujjatlarda shaxsning erkinligi, mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllan-
tirishga birlamchi e’tibor berilgan. Zero, erkinlik ta’minlangan jamiyatda
fikr rivojlanadi, fikr rivojlanishi esa jamiyatning kuchli bo‘lishi garovidir.
Erkinlik tufayli o‘quvchi irodasi shakllanadi, u bir necha imkoniyatlardan
birini ixtiyoriy tanlab oladi, ta’lim tizimida o‘quvchilarga ushbu imko-
niyatlar yaratilgan, ularning erkinlik huquqlari ta’minlangan.
Tarbiya jarayoni ko‘p qirrali jarayon
bo‘lib, unda tarbiya mohiyatini
yoritishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi subyektiv va obyektiv omillar
ko‘zga tashlanadi. O‘qituvchi subyektiv omillar asosida o‘quvchilarning
ichki ehtiyojlari, qiziqishlari, hayotiy munosabatlari mazmunini ang-
lashga yordam bersa, obyektiv omillar esa shaxsning hayot kechirishi,
shakllanishi, hayotiy muammolarni ijobiy hal etishi uchun sharoit yara-
tadi. Tarbiya faoliyatining mazmuni, yo‘nalishi va shakli obyektiv sha-
roitlar bilan qanchalik mutanosib kelsa, o‘quvchi shaxsini maqsadga
muvofiq shakllantirish borasida o‘qituvchi muvaffaqiyatga erishadi.
O‘qituvchilar tarbiya jarayonining ko‘p qirrali ekanligini, uni tashkil etish
va boshqarishda nafaqat tarbiyachi faoliyati, balki o‘quvchining yosh va
psixologik xususiyatlari, shaxsiy o‘ziga xos jihatlari, o‘y-fikrlari, hayotiy
qarashlari ham muhim ahamiyatga ega ekanligini unutmasligi kerak.
Dostları ilə paylaş: