O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   284
Tarbiya 
– o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi 
va tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi pedagogik faoliyat bo‘-
lib, tarbiyalanuvchini ma’lum bir maqsadga muvofiq takomillashtirish 
uchun shaxsga muntazam va tizimli ta’sir etish, jamiyatning ijtimoiy-
tarixiy tajribalariga yondashib shaxsni har tomonlama shakllantirish, 
uning xulq-atvori va dunyoqarashini, ijtimoiy ongini tarkib toptirishda 
xalqning boy mafkuralariga yo‘naltirilgan qizg‘in faoliyat jarayonidir.
Tarbiya asosida tarbiyalanuvchining ongi shakllanadi, ma’naviy boyligi 
va his-tuyg‘ulari rivojlanadi, o‘zida ijtimoiy hayotda o‘z o‘rnini topish 
uchun zarur bo‘lgan, kishilar bilan o‘zaro munosabatni to‘g‘ri tashkil 
etishga xizmat qiladigan axloqiy odatlar hosil bo‘ladi. 
Tarbiya jarayonida jamiyatning shaxsga nisbatan axloqiy talablariga 
muvofiq keluvchi xulqiy malaka va odatlarini hosil qilish lozim. Bunga 
erishish uchun o‘quvchining ongi, hissiyoti va irodasiga o‘qituvchi tomo-
nidan pedagogik mahorat qonuniyatlari asosida ta’sir etib boriladi. Agar 
ularning birortasi e’tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlasha-
di. Tarbiyaning mohiyati va mazmuni mamlakatning ijtimoiy-siyosiy 
maqsadlarini ifodalaydi, jamiyatning fuqarolar oldiga qo‘yadigan talab-
laridan kelib chiqib asoslanadi. Zero, har bir xalqning taraqqiy etishi, 
davlatlarning qudratli bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan bog‘-
liqligi qadimdan o‘z isbotini topgan. 


224 
Har qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod tarbiyasi muayyan maqsad 
asosida tashkil etiladi. Tarbiyaning maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, 
uning rivojlanish yo‘nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib 
chiqib belgilanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida tashkil 
etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi barkamol avlodni tarbiyalab 
voyaga etkazishdan iborat. Zero, 
“Sog‘lom avlodni tarbiyalash – buyuk 
davlat poydevorini, farovon hayot asoslarini qurish deganidir”.
Bar-
kamol avlod tarbiyasi erkin va demokratik jamiyat taraqqiyoti uchun 
naqadar dolzarblik kasb etishini mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov 
shunday ifodalaydi: 
“Biz, komil inson tarbiyasini davlat siyosatining 
ustuvor sohasi deb e’lon qilganmiz. Komil inson deganda biz, avvalo, 
ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o‘zgalarga ibrat 
bo‘ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz”.
Tarbiya xususida taniqli o‘zbek adibi Abdulla Avloniyning 
“Al-ho-
sil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot – yo falokat, yo 
saodat – yo razolat masalasidur”
12
– deb aytgan fikrlari barcha millat 
vakillarining tarbiyasiga mos keluvchi haqiqatdir. Ushbu fikrlardan ang-
laniladiki, shaxs tarbiyasi xususiy ish emas, balki ijtimoiy, milliy va 
davlat ishidir.
O‘zining kasbiy mahoratini endigina boshlagan yosh o‘qituvchilarda 
tarbiyachilik mahoratining ko‘nikma va malakalarini egallash qiyin shakl-
lanadi. Bunga asosan, yosh o‘qituvchilarda kasbiy sifatlar tizimini egallash 
harakati bilan bog‘liq subyektiv sabablar mavjud bo‘ladi. Bu nimani 
nazarda tutadi? Boshlovchi o‘qituvchilarning ziddiyatli vaziyatlarda 
o‘quvchilar orasida o‘zini tuta bilishi, xilma-xil tarbiyaviy usullardan foyda-
lanib, ko‘zlangan maqsadiga erishishi tarbiyachilik mahorati bilan bog‘liq. 
Pedagogik faoliyatni endigina boshlagan tarbiyachi-o‘qituvchilar jazo-
lash usullarini ko‘proq egallashga harakat qiladilar. Ular oldida go‘yo 
tarbiyaviy maqsadlarga erishishning omili sifatida 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin