O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov


tarbiyaviy tadbirlar hech qachon tasodifiy bo‘lmasligi va har



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   284
tarbiyaviy tadbirlar hech qachon tasodifiy bo‘lmasligi va har 
bir tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rilishi lozim.
Ijtimoiy psixologik tizim. 
O‘qituvchining tarbiyachi sifatidagi 
mahorati – bu tarbiyalanuvchilarni ma’lum bir maqsadga muvofiq tar-
biyalash uchun mo‘ljalga olish san’atidir. O‘quvchilar har kuni quvonchli 
daqiqalarni, katta va kichik ko‘ngilsizliklarni birgalikda boshdan 
kechiradilar. Ular tarbiyachi-o‘qituvchining o‘zlariga nisbatan yaxshi va 
yomon, yoki insoniy munosabatlarini tez ajrata oladilar va bunga darhol 
o‘z “javoblarini” qaytaradilar. Ijtimoiy psixologik bilim va malakaga ega 
bo‘lish tarbiyachi-o‘qituvchida uddaburonlikni va sezgirlikni shakllan-
tiradi. U o‘quvchilar jamoasini uyushtira oladi, o‘quvchilar qalbiga yo‘l 
topadi. Chunki o‘quvchilar jamoasi umumiy maqsad asosida tashkil top-
gan, yuqori darajada uyushtirilgan birlashma bo‘lib, shaxs shaklla-
nishining yetakchi omili sifatida ijtimoiy munosabatlar ichida muhim 
yacheyka hisoblanadi.


228 
O‘quvchilar orasidagi munosabatlarga mohirona rahbarlik qilish 
uchun tarbiyachi jamoaning ichki va jamoalararo ziddiyatlarni ham 
bilishi kerak. Bu ziddiyatlarning barham topishi tarbiyachi shaxsi, uning 
tarbiyalanuvchilar bilan yaqin munosabatlariga bog‘liq. Haqiqiy va mohir 
tarbiyachi-o‘qituvchi bu ziddiyatlarni bartaraf etishda o‘quvchilar jamo-
asi, o‘quvchilar o‘zaro munosabatlarining kuchidan foydalanadi. Har bir 
o‘quvchi o‘zining ijtimoiy va psixik olamiga ega. Uni bilish, o‘rganish 
o‘qituvchidan psixologik nuqtai nazardan yondashishni talab qiladi. 
O‘quvchining jamoa bilan yaxshi munosabatda bo‘lishi uchun o‘qituvchi 
quyidagi omillarga e’tibor berishi shart: 
- har bir o‘quvchiga alohida pedagogik topshiriqlar qo‘yish; 
- jamoada o‘zaro xayrixohlik, o‘zaro yordam muhitini shakllantirish
- oilaning tarbiyaviy ta’siridan o‘z o‘rnida fodalanish; 
- o‘quvchilarning o‘zaro aloqalarini kuchaytiruvchi, ijodiy faoliyatini
rivojlantiruvchi faoliyatlarini tashkil qilish
- o‘quvchilarga o‘zaro teng, adolatli munosabatda bo‘lish. 
Estetik tizim.
Agar tarbiyaviy vosita, usul va metodlar orqasida etak-
chi g‘oya turmasa, texnologik tizim va ijtimoiy psixologik munosabatlar 
tizimi maqsadli tarbiyaviy natijalar bermaydi. O‘qituvchining har bir 
harakati, o‘quvchilarning estetik madaniyatini shakllantirishga xizmat 
qiladi. Tarbiyachi faoliyati hayotiy me’yor va qadriyatlar asosida olib 
borilishi kerak, shundagina, o‘quvchining tarbiya jarayonidagi faolligi 
ta’minlanadi. Dunyoqarashi hali to‘la-to‘kis shakllanmagan o‘quvchilar 
uchun o‘qituvchining hayotiy tajribalari, shaxsiy namunalari ham estetik 
tarbiyaviy ta’sir kuchiga egaligini unutmaslik kerak. Shuning uchun 
o‘qituvchining jamoaga nisbatan diqqat motivlarini shakllantirishda av-
valo tarbiyachining estetik jihatdan tarbiyalanganligi muhim ahamiyat 
kasb etadi. Estetik tizim tarbiyalanganlikning yuqori darajasini belgilov-
chi vosita bo‘lib, uning talablarini bir maromda o‘quvchi ongiga singdirib 
borish uchun
har bir o‘quvchi, sinf, maktab jamoasi harakat qiladi. Este-
tik tizimda ulkan tarbiyaviy maqsadlarga erishish uchun o‘qituvchidan 
nihoyatda mohirona talabchanlik, ijobiy ta’sir etish vositalarining 
birligiga erishish talab etiladi:
- tarbiyada o‘quvchilar jamoasi muhitining birligi;
- o‘quvchilar mustaqilligi va o‘z-o‘zini tarbiyalashning birligi;
- fuqarolik va insoniylikning birligi
- talabchanlik va ishonch birligi;
- o‘quvchi shaxsiga ehtiyotkorona munosabat; 


229 
- jinsiy tafovutlarni hisobga olish; 
- bolalarning axloqiy va jismoniy sog‘ligi haqida qayg‘urish;
- axloq me’yorlariga amal qilish.

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin