231
hamkorligida tashkil etilayotgan tarbiyaviy tadbirlarning uzluksiz o‘tka-
zilishiga erishish lozim.
Ta’lim muassasalarida o‘qituvchilarning tarbiyaviy faoliyati yetakchi
o‘rinni egallasalar ham, ba’zan o‘quvchilarga uzluksiz tarbiyaviy ta’sir
o‘tkaza olmaydi, chunki, o‘quvchilar ta’lim muassasalarida ma’lum mud-
datgina o‘qituvchining tarbiyaviy ta’siri va nazorati ostida bo‘lib, qolgan
bo‘sh vaqtining asosiy qismini oilada, ko‘chada, do‘stlari davrasida, har
xil tashqi muhitda o‘tkazadilar. Kuzgi, qishki, bahorgi va ayniqsa, yozgi
ta’tillar davrida o‘quvchilar ta’lim muassasasi o‘qituvchisi ta’siridan
chetda qoladilar. Demak, ta’lim muassasasida o‘quvchilarni tarbiyalash
vaqt jihatdan chegaralangan bo‘lib, sinfdan
va maktabdan tashqarida
amalga oshiriladigan tarbiyaviy faoliyatlardan holi vaqtda ular o‘qituvchi
yoki tarbiyachining ta’siri hamda nazoratida bo‘lishlari kerak.
Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish.
Tarbiyaviy maqsadlarni amalga
oshirish uchun reja tuzish va uni bajarish tarbiya samaradorligini ta’min-
lashning asosiy yo‘lidir. O‘qituvchining tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishi
– ijodiy jarayon. O‘qituvchi tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda asosan
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»
g‘oyalariga hamda milliy qadriyat, urf-odatlarimizga tayanadi. Uning
mazmuni o‘quvchilarni o‘qishga,
ilm olishga, mehnatga ijobiy muno-
sabatni tarbiyalashdan iborat.
Tarbiyaviy ish rejasida mehnat tarbiyasiga alohida ahamiyat beriladi.
O‘qituvchi o‘quvchilarning mehnat tarbiyasi rejasini tuzar ekan, o‘quv-
chilar mehnatining mashaqqati, charchoq va hordiq haqida aniq tasav-
vurlarga ega bo‘lishlarini hisobga olishlari kerak. Ota-onalar
bilan ishlash
bo‘limida oila, maktab tarbiyasini tavsiflaydigan qisqa ma’lumotlar beri-
ladi. Mohir o‘qituvchi tarbiyaviy ish rejasiga aniq bir maqsadni qo‘yadi.
Tarbiyaviy ish amaliyotida xulq me’yorlaridan chetga chiqqan o‘quv-
chilar ham uchraydi. Ular tarbiyasi «qiyin» o‘quvchilar. Ular bilan
tarbiyaviy faoliyat olib borish – bu alohida e’tiborni, sabr-toqat va
mahoratni, qalb sezgirligini talab qiladigan murakkab ishdir. Tarbiyachi
bunday o‘quvchilarni pedagogik jihatdan o‘rganish dasturini tuzishda
quyidagi jihatlarga e’tibor berishi lozim: shaxsning ijtimoiy kelib chiqi-
shi; oilada
umumiy rivojlanish darajasi; axloqan tarbiyalanganlik dara-
jasi. Dastur asosida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha alohida tarbiyaviy
ishlar rejasi tayyorlanadi:
1. O‘quvchi olamining hayotiy yo‘nalishlarini diqqat bilan o‘rganish.
2. Xarakteri va xulqidagi og‘ishganlik sabablarini o‘rganish.
232
3. Ijobiy yo‘nalishga, o‘zgarishiga ta’sir etuvchi hayotiy ko‘rinish-
larni tanlash.
4. Muloqotni o‘smirning «psixologik hudud»idan izlash.
5. O‘quvchilar xulqida namoyon bo‘ladigan har xil o‘zgarishlar usti-
dan doimiy nazorat o‘rnatish.
Ma’lumki, tarbiyalanganlik natijalarini hisobga olish o‘quvchilar
xulqida, ularning o‘qish va mehnatga munosabatlaridagi o‘zgarishlarni
ifodalaydigan pedagogik o‘lchamdir. Tarbiyaviy faoliyat samaradorligini
aniqlash masalasi murakkab masaladir. Hech qachon tarbiya natijalarini
o‘tkazilgan tadbirlar, ishtirok etgan o‘quvchilar soni bilan belgilab bo‘l-
maydi. Tarbiyaviy ish samaradorligi o‘quvchilarning tarbiyalanganlik
darajasi bilan baholanadi.
Tarbiyachi-o‘qituvchi o‘quvchilarning qiziqish
va ehtiyojlarini chu-
qur his etgan holda, vaziyatni hisobga olib mavzu tanlashi, uni tayyorlash
va o‘tkazishda o‘quvchilarni keng ko‘lamda jalb etishi, yuksak samara-
dorlikni ta’minlanishiga e’tibor berish bilan birga, har bir o‘quvchiniig
xohishini hisobga olishi, keskin rad etmasdan, yana o‘ylab ko‘rish, qizi-
qarliroq, soddaliroq yo‘llarini topishing mumkin deb umidvor qilish
o‘rinlidir. Tarbiyachi ijodkor bo‘lishi, o‘quvchilarni
ham ijodiy faoliyat
yuritishga jalb etishi, har bir tarbiyalanuvchida o‘zini va o‘zgalarni hur-
mat qilishga ishonch hosil qilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: