227
vazifa – bu shaxsda umumiy madaniyat unsurlarini, ya’ni, aqliy, axloqiy,
jismoniy, estetik, iqtisodiy, ekologik, huquqiy, siyosiy hamda mehnat
madaniyatini tarbiyalashdan iborat.
Texnologik tizim
yoki tarbiya texnologiyasi bu pedagogik metod,
usul va vositalarni rejali va kutilgan iatijalarga erishishga imkon bera-
digan, shaxsga va jamoaga aniq tasir ko‘rsatadigan jihatlarini tanlash tizi-
midir. Bu tarbiyachi-o‘qituvchining o‘quvchilar amaliy faoliyatini to‘g‘ri
tashkil qila olishi va boshqarishining ko‘nikma va malakalariga ega
bo‘lishidir. Texnologik jarayon natijalaridan asosiy maqsad, tarbiyachi
ijodiy izlanishlar tufayli, o‘quvchilar tashabbuskorligini ta’minlaydi. Tar-
biyachi-o‘qituvchining o‘quvchilar o‘z-o‘zini boshqarish uyushmalari
bilan hamkorlikda ishlashi natijasida
murakkab masalalarni hal qilish
uchun vaqt ajratadi. Texnologik tizimda tarbiyaviy ahamiyatga ega tad-
birlarni muvaffaqiyatli uyushtirish o‘qituvchining pedagogik mahoratiga
bog‘liq. Uyushqoqlik bilan o‘tkazilgan tadbirlar o‘quvchilarning aqliy
rivojlanishini, bilish tafakkurini, kasb tanlashga nisbatan qiziqishini,
erkin fikrlashlarini, o‘z fikr-mulohazalarini cho‘chimasdan to‘g‘ri tasav-
vur bilan bayon etish tushunchalarini shakllantiradi.
Tarbiyachi-o‘qituvchining mahorati har bir o‘quvchiga alohida yon-
dashuv imkoniyatlarini topish, o‘quvchi iste’dodida namoyon bo‘ladigan
holatlarda uning faolligini oshirishga qaratiladi. Tarbiyachi-o‘qituvchi
tomonidan uyushtiriladigan tarbiyaviy tadbirlarga qo‘yiladigan asosiy
talablar:
Dostları ilə paylaş: