O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   284
o‘quv harakatlari
sanalab, 
ular belgilangan maqsadga binoan amalga oshiriladi. O‘quv harakatlari 
o‘quv jarayonini tashkil etishning barcha bosqichlarida namoyon bo‘ladi. 
Harakatlar tashqi (kuzatiladigan) va ichki (kuzatilmaydigan) ko‘rinishda 
bo‘ladi. 
Tashqi o‘quv harakatlariga predmetli harakatlar (yozish, rasm chi-
zish, tajribalar o‘tkazish); perseptiv harakatlar (tinglash, fikrlash, kuza-
tish, sezish) hamda nutqdan foydalanish kiradi.
Ichki, ya’ni mnemonik (yunonchadan «mnemonikon» –– eslab qolish 
madaniyati) harakatlarga materialni eslab qolish, uni tartibga solish va 
tashkil etish, shuningdek, tasavvur va fikrlash harakatlari kiradi. 
Natijalarni baholash va tahlil etish
o‘quv harakatlarining ajralmas 
qismlari hisoblanadi. Ta’lim jarayonida o‘quvchi tomonidan o‘zini nazo-
rat qilish, o‘zini baholash va o‘zini tahlil qilishni amalga oshirish o‘qi-
tuvchining o‘rgatuvchi harakatlari asosida shakllanadi. Bu harakatlarni 
shakllantirish o‘quvchilarni o‘z tengdoshlari faoliyatini kuzatishga jalb 
etish, o‘zaro nazoratni tashkil etish, o‘rnatilgan mezonlar asosida o‘z 
faoliyati natijalarini o‘zaro baholash va tahlil qilishga yordam beradi. 
O‘qituvchining darsga tayyorgarligi.
Darsning samaradorligi uni 
samarali tashkil etilishi bilan bog‘liq. Yaxshi rejalashtirilmagan, yetar-
licha o‘ylab chiqilmagan, shoshilinch tuzilgan va o‘quvchilar imkoniyat-
lariga moslashtirilmagan dars sifatli bo‘la olmaydi. Darsga tayyorgarlik 
aniq sharoitlarda eng yuqori yakuniy natijaga erishishni ta’minlovchi 
o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etuvchi tadbirlarni ishlab chiqishdir. 
O‘qituvchining ma’lum bir fan asosida darsga tayyorgarlik ko‘ri-
shida quyidagi uchta bosqich muhim ahamiyatga ega: tashxislash, basho-
ratlash, loyihalashtirish (rejalashtirish). 

tashxislashda 
o‘qituvchi didaktik jarayon kechadigan barcha sharo-
itlarni oydinlashtiradi, uning natijalarini belgilaydi. O‘qituvchining tash-
xislashida o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirish imkoniyatlari, ularning 
faoliyatlari va xulqlari, motivlari, talab va layoqatlari, qiziqish va qobili-
yatlari, bilimdonlik darajasi, bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat 
qilish hamda tuzatish kabi holatlar namoyon bo‘ladi.

bashoratlash
o‘qituvchi tomonidan bo‘lajak darsni samarali tashkil 
etilishining turli variantlarini tanlab olib baholash va qabul qilingan 
mezonlarga muvofiq darsni tashkil etishning eng ma’qul variantini tanlab 
olish va qo‘llashdir.


220 


Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin