214
O‘qituvchilik kasbining mohir ustasi bo‘lish, avvalo, shaxsning o‘z
individual xususiyatlaridan yuqori saviyada foydalanish va individual
ishlay olish qobiliyatining qanday shakllanganligi bilan bog‘liq. Bu usul
oliy o‘quv yurtida o‘quv va amaliy mashg‘ulotlar
jarayonida shakllanti-
riladi va kelajakda ta’lim-tarbiyaning muvaffaqiyatini ta’minlovchi indi-
vidual, o‘ziga xos usullar tizimidan iborat bo‘ladi. Pedagogika oliy ta’lim
muassasalarida mutaxassislarni tayyorlashda bo‘lajak o‘qituvchilarda
kasbiy mahorat va omilkorlikni shakllantirish g‘oyasi yetakchi o‘rinda
bo‘lishi kerak. Yuksak malakali o‘qituvchining kasbiy mahoratini shakl-
lantirish yo‘llari har xil bo‘lishi mumkin. Bo‘lajak o‘qituvchi o‘z kasbiy
mahoratining shakllantirilganligini bildiruvchi kasbiy bilim,
malaka va
ko‘nikmalar yig‘indisiga, pedagogik muomala madaniyatiga ega bo‘-
lishlik kasbiy – pedagogik omilkorlikning asosiy poydevori hisoblanib,
o‘qituvchining kasbiga nisbatan shaxsiy tavsifnomasi hisoblanadi.
Ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning
muvaffaqiyati
o‘qituvchi kadrlarning kasb mahorati va savodxonligiga bevosita bog‘liq.
Shu o‘rinda Prezidentimiz I.A.Karimov quyidagi fikrlarni bayon etadi:
“Ta’lim-tarbiya islohoti haqida gapirar ekanmiz, uning mazmunini lo‘nda
qilib ifoda etish mumkin: Bizga bitiruvchilar emas, maktab ta’lim va
tarbiyasini ko‘rgan shaxslar kerak”.
Bu so‘zlarda ulkan ma’no bor. Negaki
barcha rivojlangan jamiyatda bo‘lgani kabi, o‘qituvchining kasbiy mahorati
ta’lim muassasasida – ta’lim jarayonida va ish faoliyatida shakllanadi. Shu
nuqtai nazardan pedagogika oliy ta’lim muassasalarida ta’lim
olayotgan
bo‘lajak o‘qituvchi talabalar o‘z mahoratlarini ikki tomonlama – amaliyotda
hamda pedagogika oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olish jarayonida
shakllantiradilar. Bo‘lajak o‘qituvchilar ko‘proq amaliy jihatdan o‘z
malakalarini oshirishni xohlaydilar. Chunki ish
faoliyati jarayonida paydo
bo‘ladigan muammolar ko‘p. Ularning echimini oliy ta’lim muassasasi
Dostları ilə paylaş: