O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov


Ko‘nikma va malakalarni ishlab chiqish va mustahkamlash



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   284
Ko‘nikma va malakalarni ishlab chiqish va mustahkamlash 
darsi 
egallangan
 
bilimlarni o‘quvchilar tomonidan mustahkamlash ham-


209 
da amaliyotda qo‘llay olish bilan bog‘liqdir. Ushbu ta’lim jarayoni bir 
nechta maxsus darslarda amalga oshiriladi. Yangi mavzularni o‘rganish-
da davom ettiriladi. 
Bunda o‘qituvchining vazifasi o‘quvchilarning naza-
riy bilimlar asosida egallagan malaka va ko‘nikmalarini, hayotiy ama-
liyotlarida turli vaziyatlarda qo‘llashni o‘zlashtirib olishlarini nazorat 
qilishdan iborat.
Bilimlarni tekshirish (nazorat) darsida
o‘qituvchi o‘quvchilarning 
fanlar yuzasidan o‘zlashtirgan bilimlarini tekshirish, ko‘nikma va mala-
kalarning shakllanganlik darajasini, o‘quv materiallarining o‘zlashti-
rishdagi kamchiliklarini aniqlash, shuningdek, navbatdagi topshiriqlarni 
bajarish yo‘llarini belgilab olishiga yordam beradi.
Yuqorida ifodalangan dars turlarning samaradorligiga erishish o‘qi-
tuvchining pedagogik mahoratiga, pedagogik-psixologik metodlarni ta’-
lim jarayonida qo‘llay olish tajribasiga bog‘liq. Darslarning majburiy ele-
menti 
tashkiliy va yakuniy bosqich
hisoblanadi. Tashkiliy bosqich maq-
sadlarni qo‘yish va ularni o‘quvchilar tomonidan qabul qilish sharoit-
larini ta’minlash, bilimlarni idrok etish, anglash, eslab qolish yuzasidan 
beriladigan ko‘rsatmalarni shakllantirish ko‘zda tutiladi. Darsga yakun 
yasash bosqichida maqsadlarga erishish qayd etiladi. Shu bilan birga, 
o‘qituvchi yangi, zamonaviy, odatdan tashqari ta’lim berishning dars–
ma’ruza, dars–seminar, dars–munozara, dars–konferensiya, dars–sayohat, 
dars–musobaqa, mustaqil ish darslari kabi noan’anaviy ta’lim metod-
laridan ham foydalanishi mumkin.
O‘qituvchi o‘z tajribalaridan va kasbiy mahoratidan kelib chiqqan 
holda, o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olib ta’lim jarayo-
nining quyidagi kombinatsiyalariga alohida e’tibor berishi lozim: 
-
integral fanlarning ilg‘or yutuqlari, kompyuter, pedagogik texno-
logiyalar va axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalanish, 
darsni hozirgi zamon o‘quv-tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida 
tashkil etish; 
-
darsda barcha didaktik tamoyil va qoidalarning optimal nisbatlarini 
ta’minlash; 
-
o‘quvchilarning qiziqishlari, iqtidori va talablarini e’tiborga olgan 
holda, ular tomonidan bilimlarning puxta o‘zlashtirilishi uchun zarur 
shart-sharoitlar yaratish; 
-
o‘quvchilarda fanlarning o‘zaro aloqadorligi asosida bilishga qiziqi-
shni rivojlantirish; 


210 
-
o‘quvchilar tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarga, 
shuningdek, ular ongi va tafakkurini rivojlantirish darajasiga tayanish
-
o‘quvchining o‘zi qiziqqan, orzu qilgan kasbi bo‘yicha mahoratini 
har tomonlama shakllantirishni motivatsiyalash va faollashtirish; 
-
o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning barcha bosqichlarida mantiqiylik va 
emotsionallikni ta’minlash; 
-
pedagogik texnologiyalarning eng so‘nggi yutuqlaridan o‘z o‘rnida 
samarali foydalanishni bilish
-
zarur bilim, ko‘nikma va malakalar, fikrlash va faoliyatning 
ratsional usullarini shakllantirish;
-
mavjud bilimlarni dunyoviy bilimlar bilan doimo boyitib borish va 
o‘z ehtiyoji darajasida foydalanish
-
har bir darsni yuksak mahorat bilan puxta loyihalashtirish, reja-
lashtirish, tashxislash va taxmin qilish. 
O‘qituvchi darsga tayyorgarlik ko‘rar ekan, asosiy maqsadga erishish 
uchun ta’lim jarayonining quyidagi talablaridan foydalanib, o‘z imko-
niyatlariga erishishi lozim:
- ta’limiy; 
- tarbiyaviy; 
- rivojlantiruvchi. 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin