O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov


Pedagogik faoliyatda o‘qituvchining yosh xususiyatlari va



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə203/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   284
Pedagogik faoliyatda o‘qituvchining yosh xususiyatlari va 
mehnat staji. 
O‘qituvchining yoshi va ish staji – mehnatga ilmiy yon-
dashish jarayonining turli bosqichlarini aks ettiruvchi, unda ijodiy ener-
giyaning yuzaga kelishidan tortib yetilishigacha va so‘nishigacha bo‘lgan 
obyektiv–shaxsiy xususiyatlarni o‘z ichiga oladi. Sotsiologlar bu 
xususiyatlarni keksayishni hamda g‘ayrat va optimizmni yo‘qotishni tan 
olmaydigan pedagogik mehnatning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘lab 
o‘rganish zarurligiga e’tiborni qaratishadi. O‘qituvchining yosh ko‘r-
satkichi – bu keksayish emas, balki yoshlik hislatlarini va shijoatini 
saqlab qoluvchi, har bir yangi avlod dunyoqarashiga ko‘nikma hosil qi-
lib, o‘ziga singdira oladigan, ularni tushunadigan, hayotiy tajribalar aso-
sida donishmandlik mohiyatini ko‘rsatuvchi holat ko‘rsatkichidir. Tad-
qiqotchilarning aniqlashicha, yosh o‘qituvchilar ko‘p holatlarda 50 dan 
oshgan yoki nafaqa yoshidagi tajribali o‘qituvchilarga taqlid qilish uchun 
ularni o‘zlariga obyekt sifatida tanlashlari tasodifiy hol emas. Bu ularni 
pedagogik faoliyatda uchraydigan ko‘plab ziddiyatlardan oson chiqib 
ketishni ta’minlaydi.
O‘qituvchining mehnat faoliyatida yosh muammosining ahamiyati 
ko‘plab ilmiy-tadqiqot ishlarida keng yoritilgan. Ushbu tadqiqot ishlari 
o‘qituvchining kasbiy “cho‘qqilarni zabt etishi”, pedagogik krizislarni 
boshidan kechirishini, o‘z mehnatidan ko‘ngil sovushlarini, ba’zida 


328 
“tinchlanish” davrini o‘tagan yuzlab yosh mutaxassislarning o‘qituvchi-
lik kasbiga “singib ketishi” naqadar murakkab va shiddatli jarayon ekan-
ligini aks ettiradi. Gap bu erda ish stajida ham, o‘quvchilar yoki o‘qi-
tuvchilar jamoasida ham emas, balki shaxs hayotiy faoliyatining turli to-
monlariga obyektiv ta’sir qiluvchi yosh xususiyatlarida bo‘lib, bu xusu-
siyatlar hayot va kasbga munosabatlarni, o‘zining ruhiy qadriyatlarini va 
risolalarini o‘zgartiradi. Ushbu muammolar bevosita o‘zining keyingi 
tadqiqotlarini kutmoqda, uning amaliy mazmuni ham muhim: ta’lim 
muassasalariga butun umrini bag‘ishlagan keksa otaxon va onaxon o‘qi-
tuvchilarni qanday qilib saqlab qolish, o‘qituvchiga esa yosh bo‘lib 
qolishga qanday yordam berish mumkin. Qo‘yilgan muammo tabiiy hol-
da mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning de-
mokratik jamiyat qurish uchun naqadar dolzarb ekanligini yana bir bor 
bildiradi. 
Pedagogik faoliyatga ta’sir qiluvchi obyektiv–shaxsiy omillar guru-
hida 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin