323
oliy darajadagi mehnati” sifatida, “o‘qituvchining
tinimsiz mehnati va
izlanishlari natijasida doimiy takomillashtirilib boriladigan muhim ta’lim
va tarbiyaviy san’ati namunasi”, yoki “o‘qituvchining ilmiy bilimlarni,
kasbiy ko‘nikma va malakalarni hamda metodologik bilimlarni o‘z meh-
natida va kasbiy sifatlarida namoyon etishi” kabi fikrlar bilan ta’riflanadi.
B.T.Lixachev o‘qituvchining kasbiy mahoratini pedagogik san’a-
tning noyob bir qismi sifatida ta’riflab, shunday yozadi:
“o‘qituvchining
kasbiy mahorati deganda uning yuksak pedagogik–psixologik bilimlari,
kasbiy malaka va ko‘nikmalarni mukammal egallashi, o‘z kasbiga qizi-
qishi, takomillashgan pedagogik fikrlash layoqati va rivojlangan ichki
intuitsiyasi, hayotga nisbatan axloqiy–estetik munosabati, o‘z fikr–mulo-
hazasiga ishonchi va qat’iy irodasi tushuniladi”
.
Qator tadqiqotchi-
larning fikriga ko‘ra, quyidagi to‘rtta komponent yosh o‘qituvchi kasbiy
mahoratining asosiy tashkil etuvchi komponentlari hisoblanadi:
o‘z kasbini sidqidildan sevishi;
o‘z fanini va uni o‘qitish metodikasini mukammal bilishi;
pedagogik qobiliyatlarini
namoyish eta olishi;
pedagogik texnikani mukammal bilishi, notiqlik san’atini o‘z o‘rni-
da qo‘llay olishi.
Ushbu komponentlar o‘qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etili-
shida o‘z kasbiga bo‘lgan mehr-muhabbati,
ijobiy munosabati va uni
takomillashtirish istagini paydo qiladi. Yosh o‘qituvchining kasbiy ma-
horati shakllantirilgach, u shaxsning kasbiy
xususiyatiga aylanadi va
refleksiv qobiliyatining rivojlanishiga ham ta’sir qiladi, natijada peda-
gogik mehnat faoliyatining samaradorligi oshadi.
Dostları ilə paylaş: