O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə207/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   284
“Inson qalbiga yo‘l 
avvalo ta’lim–tarbiyadan boshlanadi. Dunyo imoratlari ichida eng 
sharaflisi maktab bo‘lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o‘qituv-
chilik va murabbiylikdir” 
deb ta’kidlaydi I.A.Karimov “Yuksak ma’na-
viyat–engilmas kuch” asarida (130–131 betlar). Demak, o‘qituvchi ijodiy 
mehnatining asosi – avvalo umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar mohi-
yatidan iborat bo‘lishi hamda ilmu hidoyat, mehru muhabbat, sabru 
qanoat, otalarcha bag‘rikenglik tuyg‘ulari bilan olib borilishi lozim.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim tizimidagi islohot-
larning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan o‘qituvchi mehnat faoliyatining 
umuminsoniy qadriyatlarga yo‘naltirilganligiga bog‘liq. Bu keng qam-
rovli va salmoqli omillar asosida o‘qituvchining butun umri davomida 
amalga oshiradigan ko‘p qirrali pedagogik faoliyati mujassamlashgan. 
O‘qituvchi o‘zining qizg‘in mehnat faoliyati va kasbiy mahorati bilan 
umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlarga nechog‘lik boy ekanligini 
ta’lim–tarbiya jarayonida namoyish etadi. O‘qituvchi pedagogik maho-
ratini o‘zining halol mehnati bilan takomillashtirib boradi. Ushbu mehnat 
natijasida inson komillik darajasida voyaga yetishi lozim, buning uchun 
ma’naviyat va qadriyatlar yuksalishi, inson keng ma’nodagi ma’naviy 
shaxsga aylanishi kerak. O‘qituvchi mehnatining natijasi bo‘lmish barka-
mol inson yuksak ma’naviyatni yaratadi va rivojlantiradi, umumbashariy 
qadriyatlarni asraydi. Uning o‘quvchilar jamoasi bilan olib boradigan 
ta’lim–tarbiyaviy faoliyatidagi barcha yutuqlari ushbu qadriyatlar tufay-
lidir. O‘qituvchi mehnat faoliyatida o‘z pedagogik faoliyatini bezaydigan 
quyidagi qadriyatlar tizimini muntazam egallab borishi zarur: 


335 
33- chizma. O‘qituvchi mehnatida pedagogik faoliyat tizimini 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin