O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov


O‘qituvchining ijodkorligi va mehnatda faolligi



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə205/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   284
O‘qituvchining ijodkorligi va mehnatda faolligi. 
Ijodkorlik – 
o‘qituvchining o‘z mehnati jarayonida mustaqil faoliyat olib borishi. 
Kasbiy faoliyatning ta’lim mazmunini belgilovchi sifatlari o‘qituvchining 
ijodkorligida namoyon bo‘ladi. Ijodkorlik – bu o‘qituvchining ta’lim va 
tarbiya jarayonida sifat jihatidan yangi, original va takrorlanmas biror 
ilmiy yangilikni paydo qiluvchi faoliyatidir.
O‘qituvchining mahsuldor
 
ijodkorligi
da belgilangan har qanday mu-
ammo muvaffaqiyatli hal qilinadi, ijod qilishga layoqati bo‘lgan o‘qi-
tuvchilarning asosiy qismida bu jihatlar namoyon bo‘ladi. 


330 
O‘qituvchining evristik ijodkorligi,
jahonda ro‘y berayotgan kasbiy 
faoliyatiga oid yangiliklarni dadil o‘zlashtirish va targ‘ib qilishni angla-
tadi, ya’ni uning asosida g‘oyalar (farazlar) hosil qilish jarayonini inten-
sifikatsiya qilish va ularning haqiqatga yaqinligini (ehtimolligini, ishon-
chliligini) izchil amalga oshirish va bunda yangi holatda dadil harakat 
qilish qobiliyati, fikrlash jarayoni asosida tafakkurni rivojlantirish kuza-
tiladi.
 
O‘qituvchining kreativ
 
ijodkorligi
da ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘l-
gan yangi nazariyalarni yaratish mujassamlashgan, u o‘zining mustaqil 
g‘oyalari va takliflari bilan chiqadi, mohir va tajribali, layoqatli o‘qituv-
chilargina bunga erishishi mumkin. 
Yevropalik sotsiologlar o‘qituvchining mehnatdagi ijobiy holatlarini 
“oqimni his qilish”, ya’ni o‘z faoliyatiga to‘liq kirishib ketish va faoliyat 
jarayonidan qoniqish hosil qilish deb atashadi, bu esa o‘z navbatida 
o‘qituvchining yuqori ichki refleksiv holati kuchli bo‘lishi haqida guvoh-
lik beradi. O‘z kasbi jarayonida ijodkorlikni va mehnatidan qoniqishni 
his qilmaydigan o‘qituvchilarning mehnat faoliyati ko‘pincha harakat-
sizlikka, asablarining tez charchashiga va g‘ashlikka olib keladi. 
Mehnatda faollik – bu o‘qituvchining mehnat sohasida olib bora-
digan mustaqil harakatidir. Pedagog mehnat faolligining o‘ziga xos 
tomoni – o‘quvchining ta’lim va tarbiyaviy faolligini oshirishga qaratil-
ganligida namoyon bo‘ladi. Bunda o‘qituvchi faqat o‘z fanini puxta 
bilishi yetarli bo‘lmasdan, pedagogik–psixologik malaka va ko‘nikma-
larni, ta’lim va tarbiyaviy texnologiyalarning keng spektrini, har qanday 
pedagogik vaziyatlarni hal qilishda mustaqil faoliyat olib borishni 
unutmasligi kerak. Bu talablar pedagog mehnatining muhim o‘ziga xos 
tomonini tashkil qiladi. O‘qituvchi doimo o‘zining boy bilimi va tajri-
balari asosida yig‘ilgan shaxsiy pedagogik resurslariga tayanib butun 
o‘qituvchilik faoliyati davomida mehnat qiladi. U ta’lim va tarbiyada 
o‘ziga yoqqan metodlarni, vosita va usullarni tanlaydi, yangilikka inti-
ladi. Barcha pedagogika oliy o‘quv yurti talabalari buni yetarlicha aniq 
tushunishadi. Agar birinchi kurs talabalarining 59 foizi o‘qituvchilik 
kasbini o‘zining iste’dodi deb hisoblasa, to‘rtinchi kursga kelganda 
bunday talabalar soni 2,5 barobarga kamayadi.
Sinf jamoasining psixologik o‘zgaruvchan tarkibi, jamoa a’zolari-
ning bir-birlari bilan o‘zaro munosabati, o‘quvchilar ruhiy holatining 
xilma xilligi o‘qituvchi mehnatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunda sinf 
jamoasining xarakterini, psixologiyasini o‘qituvchi o‘zi xohlaganidek 


331 
ijobiy tomonga rivojlantirishi, o‘zgartirishi hamisha mumkin bo‘laver-
maydi. So‘nggi yillarda o‘quvchilarning o‘quv jarayoniga qiziqishi, bilim 
olishga nisbatan passivligi sezilmoqda. Iqtidorli, qobiliyatli o‘quvchilarni 
to‘liq mustaqil o‘qish bilan band qilishda ba’zi o‘qituvchilarning ojizligi 
noroziliklarga sabab bo‘lmoqda. Bu muammo allaqachon ta’lim muassa-
salarida o‘qituvchilar faoliyatiga tegishli bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga 
molik hodisa sifatida tan olingan. Ta’lim muassasalari oldida turgan 
ushbu muammolar, ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning baja-
rilishiga to‘sqinlik qilmasligi uchun ta’lim va tarbiyaning asosiy ijrochisi 
bo‘lgan o‘qituvchining mehnat faolligini oshirish, ijodkorligini hozirgi 
zamon talablari darajasida yanada kuchaytirish lozim.
Ko‘p yillik ilmiy tadqiqotlar natijasida o‘qituvchining o‘rtacha 
yoshiga nisbatan mehnat layoqatini oshirishda quyidagi holatlarga jiddiy 
e’tibor berish lozimligi aniqlandi:
1. Mehnatga nisbatan faollikning bir xil sikldagi xususiyati, mehnat
va dam olish tartibining o‘zgarmasligi. 
1.
Mehnatga layoqatlilik darajasi, o‘z kasbini mukammal egallagan 
o‘qituvchilarning ishlash dinamikasi. 
3. Mehnat unumdorligini pedagogik tajribalar asosida uzluksiz 
oshirib borishi. 
4. Mehnat jarayonida yuzaga keladigan turli holatlarning o‘ziga xos 
xususiyatlari, ya’ni funksional qulaylik, ruhiy charchash, ruhiy zo‘riqish, 
his–tuyg‘ularga berilish, bir xil o‘zgarmaydigan faoliyat, doimiy xavotir, 
loqaydlik holati tez–tez tashxis qilinishi lozim. 
5.
Mehnatda reproduktivlikning va ijodkorlikning o‘zaro muno-
sabati, me’yordan ortiq ishlash darajasi, ijodkorlikda “tavakkal”ning 
mavjudligi. 
6.
Mehnat unumdorligini oshirishda mustaqil intilishning o‘ziga xos 
xususiyatlari. 
7.
Ichki va tashqi cheklanishlarni, qarama qarshiliklarni engib 
o‘tish, irodaning mustahkamligi, o‘z mehnati natijalarini oldindan ko‘ra 
bilish, mumkin bo‘lmagan holatlarda faollikning o‘zgarishi. 
8.
Innovatsiyalarning mavjudligi (faollikning yangi shakllarini o‘z-
lashtirish). 
Mehnat faolligini oshiruvchi omillar orasiga, mehnatga ijobiy muno-
sabatda bo‘lish, kasbiy jarayon yoki mehnat turiga qiziqish, ko‘p holat-
larda shaxsning qadriyatlarga nisbatan munosabatiga bog‘liq bo‘lgan 
uning onglilik darajasi ham kiradi.


332 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin