321
kamchiliklarini aniqlash, muhimlarini ajratib olishni nazarda tutadi.
Hisobga olishning eng maqbul yo‘li statistik hisobga olishdir. Pedagogik
nazoratda obyektivlik,
omilkorlik, samaradorlik, muntazamlilik va osh-
koralik talab qiladi.
O‘qituvchi mehnatini nazorat qilish
va hisobga olishning munta-
zamligi, izchilligi quyidagilardan tashkil topadi:
o‘quv materiallari va tarbiyaviy tadbirlarga tayyorlanishni o‘zi
tomonidan nazorat qilinishi;
darsdan tashqari vaqtlarda ta’lim-tarbiyani nazorat qilish va
o‘zining yutuq va kamchiliklarini kuzatish;
o‘qituvchining darsdan tashqari vaqtini o‘zi
nazorat qilishi;
ota-onalar va jamoatchilik bilan bajariladigan ta’lim-tarbiyaviy
faoliyatni nazorat qilish;
o‘z ustida muntazam ishlash, ijod qilish.
O‘qituvchi mehnatini ilmiy asosda har jihatdan mukammal tashkil
qilish mamlakatimizning mustaqillik prins
iplariga sadoqatli hamda ja-
miyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga qodir yosh avlodni shakl-
lantirishda muhim ahamiyatga ega. Bunda o‘qituvchi o‘zining qizg‘in
mehnatini pedagogik jamoa, ota-onalar, oila, mahalla qo‘mitalari, turli ja-
moatchilik markazlari bilan o‘zaro puxta hamkorlikda olib borgandagina
ta’lim-tarbiyaning samaradorligi yanada oshadi.
Dostları ilə paylaş: