414
9. Menga yolg‘iz qolib fikr yuritish yoqadi:
a)
ha;
b)
yo‘q;
v)
vaziyatga
bog‘liq.
10. Qachon xohlasam, o‘sha paytda barcha tashvishlardan holi
bo‘lishni bilaman:
a)
ha;
b)
yo‘q;
v)
ba’zan.
Endi bajarilgan testingiz natijalari bilan tanishing:
Ko‘proq «a» javob natijalari:
Siz umuman har qanday kasbiy fao-
liyatga ijodkorlik bilan yondashishga iqtidoringiz yetarli. Aqliy teranlik,
ixtirochilik qobiliyatingizni ham yuzaga chiqaradi. Siz hozirgacha birorta
o‘ziga xos yangilik yaratmadingizmi? Balki, bu holat hali yosh kadr
ekanligingiz uchundir yoki barcha ijodiy ishlarga birdaniga yondashi-
shingiz tufaylidir. Har qanday sharoitda ham Sizning yaratuvchanlik
iste’dodingiz namoyon bo‘lgan. Ushbu intilishni yanada takomil-
lashtiring.
Ko‘proq «b» javob natijalari:
Sizni ijodkorlik umuman qiziq-
tirmaydi. Balki, bu holat Sizning judayam kamtar va sustkashligingiz
sabablidir? Agarda Siz, hozirgi holatingiz haqida o‘ylab ko‘rmasangiz va
kasbiy faoliyatingizga biror ijobiy o‘zgarish kiritmasangiz, umringiz
davomida faqat yaxshi ijrochi yoki bajaruvchi bo‘lib qolasiz. Aslini ol-
ganda, bu ham yomon emas. Siz fan olamida qobiliyat tushunchasi yo‘q
deb hisoblasangiz, aziyat chekmasangiz ham bo‘ladi. Barchamizga ma’-
lumki, hayotda qobiliyatsiz, no‘noq insonlar uchramaydi, aksincha, o‘z
kasbini noto‘g‘ri tanlagan insonlar uchraydi.
Dostları ilə paylaş: