Avtoritar uslub da faoliyat olib boradigan o‘qituvchi ish faoliyati va
xarakterida quyidagi xususiyatlar mujassamlashgan bo‘ladi:
- o‘zi yakka holda guruh faoliyatining yo‘nalishlarini belgilaydi;
- o‘zi o‘quvchilarga ko‘rsatmalar va buyruqlar beradi;
- ta’lim-tarbiyaviy jarayonga javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi;
- o‘quvchilarning unga so‘zsiz bo‘ysunishini da’vo qiladi;
- qattiq intizom asosida ish olib boradi;
- topshiriqlarning to‘liq bajarilishini talab qiladi;
- gap qaytargan, fikr bildirgan o‘quvchini yoqtirmaydi;
- aytgan tashakkuri ham buyruqdek chiqadi, so‘zlari qattiq va qo‘pol;
- o‘quvchilarga biror muammoni to‘liq tushuntirmasdan talab qiladi.
Avtoritar uslublarda pedagogik faoliyat olib boruvchi o‘qituvchi
“Mening aytganim aytgan, deganim degan” shaklidagi prins ip asosida
pedagogik faoliyat olib boradi. U sinf jamoasi bilan muloqotga kirishishda
quyidagi uslublarni qo‘llaydi: buyruq, ko‘rsatma berish, qattiqqo‘llik bilan
ishlash, tarbiyaviy jazo turlarini tez-tez qo‘llash. O‘qituvchi o‘quvchilar
bilan muloqot jarayoniga qo‘pol, dag‘al, do‘q-po‘pisa, majbur etish,
qo‘rqitish, cho‘chitish orqali kirishadi. Ushbu uslub o‘qituvchi asab tizimini
doimiy taranglashib yurishiga sabab bo‘lib, uning sog‘ligiga putur etkazishi
mumkin. Natijada o‘qituvchi tez charchaydi. Avtoritar usulning ijobiy
tomonlari ham bor: ya’ni, ular faqat favqulodda vaziyatlar jarayonida
ishlatilishi (yong‘inda, suv toshqinida, aholini evakuatsiya qilishda)
136
mumkin. O‘qituvchi muloqotining ushbu uslubda boshqarilishi sinf
jamoasini tarqoqlikka, hamjihatlikning buzilishiga olib keladi.