O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov


tamoyil laridan o‘rinli foydalanishi lozim:  1. Tarbiyaviy maqsadni amalga oshirishda demokratik



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   284
tamoyil
laridan o‘rinli foydalanishi lozim: 
1. Tarbiyaviy maqsadni amalga oshirishda demokratik 
yondashuv.
Muloqot jarayonida o‘qituvchi o‘quvchini ijtimoiy qadriyat 
deb tan olishi, har bir bola, o‘smir va o‘spirinning betakror va o‘ziga xos 
xususiyatlarini hurmat qilishi, uning ijtimoiy xulqi va erkinligini 
e’zozlashi lozim. Zero, ta’limni isloh qilishdan asosiy maqsad, tarbiyada 
demokratiyaning ustunligi, tarbiyani ma’muriy ehtiyoj va qiziqishlardan 
yuqori qo‘yish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchining bir-birlariga o‘zaro 
ishonchi, hamkorlik asosida pedagogik munosabat mohiyatini ijobiy 
tomonga yo‘naltirish demakdir. Muloqotni demokratik uslubda tashkil 
etishdan maqsad, ta’lim-tarbiyani insonparvarlashtirish, pedagogik 
faoliyat markazida inson shaxsi turganini unutmaslik, insonga nisbatan 
bebaho boylik sifatida munosabat tuyg‘ularini o‘quvchilarda ham 
shakllantirish vazifasi bajariladi.
2. O‘quvchilar bilan do‘stona munosabat.
Aslida muloqotdan 
maqsad o‘quvchilar bilan do‘stona munosabatni ro‘yobga chiqarishdir. 
O‘quvchi shaxsini hurmat qilish o‘qituvchining insonparvarlik tuyg‘u-
laridan kelib chiqadi. O‘quvchi shaxsini hurmat qilish, ularga cheksiz 
mehr-muhabbat ko‘rsatish va ularga ishonish shart. Bolalarga nisbatan 
hurmat tuyg‘usi ularning kuchiga kuch qo‘shadi, o‘z imkoniyatlariga 
ishonch tuyg‘usini shakllantiradi, tarbiyaning samaradorligini oshiradi. 
O‘quvchi shaxsini hurmat qilish va munosabatni adolatli talabchanlik 
mezonlari asosida qurishdir. Do‘stona muloqot o‘qituvchi bilan o‘quvchi 
o‘rtasidagi bilimlarni puxta o‘zlashtirilishini ta’minlaydi va mukammal 
shaxsiy fazilatlarni tarkib toptirishga xizmat qiladi. Pedagogik jarayonda 
sodir bo‘ladigan muomala odobi o‘qituvchilarning axloqiy madaniyati, 
tarbiyalanganlik darajasida aks etadi. O‘qituvchining o‘ziga va o‘z kas-
biga, o‘quvchilarga bo‘lgan munosabati uning muloqotida yaqqol 
namoyon bo‘lishi mumkin.
O‘z faoliyatini endigina boshlagan o‘qituvchilar ayniqsa, har bir 
o‘quvchining kelajagiga umid bilan qarashlari, unga individual yonda-
shishga harakat qilishlari, tarbiyaviy jazolash usullarini tartibsiz qo‘lla-
masliklari, o‘quvchilar jamoasi oldiga istiqbolli tarbiyaviy maqsadlarni 
qo‘yishga intilishlari lozim. Yosh o‘qituvchilar ma’lum bir pedagogik 
mahorat sirlarini egallashga intilmasalar, o‘z fanidan bilimlari sayoz 


132 
bo‘lsa, shaxslararo munosabatlarga ijodiy yondashmasalar, kommu-
nikativ qobiliyatini takomillashtirib bormasalar, o‘quvchilar uni asta - 
sekin tan olmay qo‘yishadi. Natijada o‘qituvchi va o‘quvchilar mulo-
qotida tuzatib bo‘lmas xatoliklar paydo bo‘lishi mumkin.

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin