Sinf jamoasi bilan muloqotni tashkil etishning ikkinchi bosqichi. Ushbu bosqichda jamoa faollarining o‘qituvchi muloqotidan kelib chiquvchi talablarni qo‘llab-quvvatlashi hamda o‘z navbatida bu talab- larni jamoa a’zolari zimmasiga qo‘yishi bilan tavsiflanadi. O‘qituvchi jamoada paydo bo‘ladigan muammolarni yolg‘iz o‘zi hal qilmaydi. Jamoa faollari bilan qizg‘in muloqot natijasida tarbiyaviy ishlarni olib boradi. O‘quvchilar amaliy faoliyatining doimiy ravishda murakkablashib
borishi mazkur davrning muhim xususiyati sanaladi. Ikkinchi bosqichda
o‘qituvchi muloqotni jamoaning muhim ishlarini o‘quvchilar tomonidan
mustaqil rejalashtirilishiga, tadbirlarni o‘tkazishga, faoliyat natijalarini
muhokama qilishga, jamoa faoliyatining ijodiy xususiyat kasb etishini
ko‘rsatuvchi omillariga tayanib tashkil qiladi.
Jamoada mustaqil faoliyatning yuzaga kelishida jamoa faollarining
roli beqiyosdir. Ammo jamoa faollari, jamoa a’zolari orasida hurmat
qozona olishi, ularga namuna bo‘lishi, o‘z burchlarini aniq va puxta baja-
rishi hamda o‘z mavqelaridan noo‘rin foydalanmasliklari kerak.
Sinf jamoasi bilan muloqotni tashkil etishning uchinchi bosqichi. Sinf jamoasi faliyatida bu bosqich sermahsul hisoblanadi. Endilikda jamoa ishiga faqat faollargina emas, balki uning butun a’zolari qiziqadi. Jamoa hayotida ijtimoiy va erkin fikrlash vujudga keladi. O‘qituvchi mazkur yo‘nalishda muloqotni maqsadga muvofiq va izchil pedagogik faoliyat olib borgan sharoitdagina o‘quvchilarda erkin fikr yuritish va ongli intizomni shakllantirishga erishishi mumkin. Shu maqsadda
o‘qituvchi muloqot asosida u yoki bu tadbir rejasini, jamoaning
birgalikdagi faoliyatini va uning a’zolari xatti-harakatini jamoa bo‘lib
muhokama qiladi, turli mavzularda suhbatlar va ma’ruzalar uyushtiriladi,
o‘quvchilar o‘rtasida samarali axborot vositalari yordamida ijtimoiy-
139
g‘oyaviy, axloqiy, estetik, ekologik, huquqiy, iqtisodiy va hokazo
bilimlarning targ‘iboti tashkil etiladi.