O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov


Sinf jamoasi bilan muloqotni tashkil etishning ikkinchi bosqichi



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   284
Sinf jamoasi bilan muloqotni tashkil etishning ikkinchi bosqichi.
Ushbu bosqichda jamoa faollarining o‘qituvchi muloqotidan kelib 
chiquvchi talablarni qo‘llab-quvvatlashi hamda o‘z navbatida bu talab-
larni jamoa a’zolari zimmasiga qo‘yishi bilan tavsiflanadi. O‘qituvchi 
jamoada paydo bo‘ladigan muammolarni yolg‘iz o‘zi hal qilmaydi. 
Jamoa faollari bilan qizg‘in muloqot natijasida tarbiyaviy ishlarni olib 
boradi.
O‘quvchilar amaliy faoliyatining doimiy ravishda murakkablashib 
borishi mazkur davrning muhim xususiyati sanaladi. Ikkinchi bosqichda 
o‘qituvchi muloqotni jamoaning muhim ishlarini o‘quvchilar tomonidan 
mustaqil rejalashtirilishiga, tadbirlarni o‘tkazishga, faoliyat natijalarini 
muhokama qilishga, jamoa faoliyatining ijodiy xususiyat kasb etishini 
ko‘rsatuvchi omillariga tayanib tashkil qiladi. 
Jamoada mustaqil faoliyatning yuzaga kelishida jamoa faollarining 
roli beqiyosdir. Ammo jamoa faollari, jamoa a’zolari orasida hurmat 
qozona olishi, ularga namuna bo‘lishi, o‘z burchlarini aniq va puxta baja-
rishi hamda o‘z mavqelaridan noo‘rin foydalanmasliklari kerak.
Sinf jamoasi bilan muloqotni tashkil etishning uchinchi bosqichi.
Sinf jamoasi faliyatida bu bosqich sermahsul hisoblanadi. Endilikda 
jamoa ishiga faqat faollargina emas, balki uning butun a’zolari qiziqadi. 
Jamoa hayotida ijtimoiy va erkin fikrlash vujudga keladi. O‘qituvchi 
mazkur yo‘nalishda muloqotni maqsadga muvofiq va izchil pedagogik 
faoliyat olib borgan sharoitdagina o‘quvchilarda erkin fikr yuritish va 
ongli intizomni shakllantirishga erishishi mumkin.
 
Shu maqsadda 
o‘qituvchi muloqot asosida u yoki bu tadbir rejasini, jamoaning 
birgalikdagi faoliyatini va uning a’zolari xatti-harakatini jamoa bo‘lib 
muhokama qiladi, turli mavzularda suhbatlar va ma’ruzalar uyushtiriladi, 
o‘quvchilar o‘rtasida samarali axborot vositalari yordamida ijtimoiy-


139 
g‘oyaviy, axloqiy, estetik, ekologik, huquqiy, iqtisodiy va hokazo 
bilimlarning targ‘iboti tashkil etiladi. 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin