137
mafkuraviy qarashlar mujassamlashgan. O‘qituvchining pedagogik
faoliyati va xarakterida quyidagi xususiyatlar mavjud:
-
tashabbussiz, eski qolipda
pedagogik faoliyat olib boradi;
-
sinf jamoasining tarbiyaviy faoliyatiga aslo aralashmaydi;
-
ta’lim-tarbiyaga oid muammolarga yuzaki qarab chiqadi;
-
o‘z mustaqil
fikriga ega emas, javobgarlikdan o‘zini olib qochadi;
-
o‘quvchilarga berilgan topshiriqlarning natijalari
bilan qiziqmaydi;
-
o‘quvchilar kelajagiga, taqdiriga e’tiborsiz, beg‘am qaraydi;
-
o‘z pedagogik faoliyatiga sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘ladi.
Biroq, yillar o‘tib, zamonlar o‘zgargan sari, XXI asrda jamiyatning
ijtimoiy talablaridan kelib chiqib, o‘qituvchining xulq–atvori, pedagogik
va
psixologik bilimlar saviyasi, o‘z kasbiy faoliyatiga nisbatan muno-
sabati, pedagogik va axborot informatsion texnologiyalarini puxta o‘z-
lashtirish saviyasi ham o‘zgarmoqda. Shu sababli, o‘qituvchilar o‘z bilim
va tafakkurlari
nuqtai nazaridan kelib chiqib, sinf jamoasini bosh-
qarishning turli shakl va metodlarini amalda qo‘llamoqdalar. Sinf jamo-
asining har qanday boshqaruv uslubi o‘qituvchi muloqoti asosida tashkil
etiladi.
Muloqotdan kutilayotgan natija, tarbiya asosida o‘quvchining
ongini va tafakkurini boyitish va o‘zgartirishdir.
7.5. O‘qituvchining sinf jamoasini muloqot asosida
Dostları ilə paylaş: