135
laridan tashqari boshqa o‘quv fanlarini ham puxta egallagan bo‘lishi
lozim.
Zero, sinf jamoasini boshqarish – pedagogik jamoa, ota-onalar oldi-
da o‘qituvchining obro‘–e’tibori qay darajada ekanligini ko‘rsatuvchi
mezon. O‘qituvchining axloqiy saviyasini, bilimini muloqot asosida sinf
jamoasini boshqarishda erishayotgan yutuqlari belgilaydi. Odatda, o‘qi-
tuvchilarning xarakteri, individual xususiyatiga qarab: tashabbuskor,
ijodkor, tashabbussiz, o‘z fikriga ega bo‘lmagan, barcha ishlarga befarq
qarovchilar toifasiga ajratishadi. Pedagog va psixolog olimlarning ko‘p
yillik ilmiy izlanishlari, kuzatishlari va ilmiy tajribalariga asoslangan
holda o‘qituvchilarning rahbar sifatida sinf jamoasini boshqarishida
qo‘llaydigan muloqot uslublari quyidagicha tavsiflanadi:
1.
Avtoritar uslubda faoliyat ko‘rsatuvchi o‘qituvchilar.
2. Demokratik uslubda faoliyat ko‘rsatuvchi o‘qituvchilar.
3. Liberal uslubda faoliyat ko‘rsatuvchi o‘qituvchilar.
Dostları ilə paylaş: