O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov


partish va chala ishlaydigan, yoki ishga tez kirishib ketishi kabilar nerv



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   284

partish va chala ishlaydigan, yoki ishga tez kirishib ketishi kabilar nerv 
faoliyati tizimiga bog‘liq bo‘lib, o‘qituvchi o‘quvchilar ishonchini 
qozonishi uchun ularni bilishi va zarur bo‘lgan xulosalarni ishlab chiqishi 
shart. 
O‘quvchilar ishonchini qozonishning yana bir muhim xususiyati 
o‘quvchilarni shaxs sifatida rivojlanishida o‘z-o‘zini tarbiyalashidir. O‘z-
o‘zini tarbiyalash o‘quvchining o‘zini o‘zi idora qilishi, o‘zida erkinlikni, 
ijtimoiy mavqeini, tashabbuskorlik va mustaqillikni shakllantirishdir. 
O‘quvchining yashirin qobiliyatlari o‘z-o‘ziga ishonch orqali yuzaga 
chiqadi. O‘quvchi uchun o‘z-o‘zini baholash qiyin jarayon. O‘quvchi 
ta’lim
-
tarbiya berayotgan o‘qituvchilarga ishonch bilan ergashib, o‘ziga 
nisbatan ishonch ruhida tarbiyalanar ekan, unda avvalo, mustahkam iroda 
shakllanadi, o‘z burchini to‘g‘ri tushunadi, bilish va o‘rganishga qiziqishi 
kuchayadi, o‘z-o‘zini har tomonlama takomillashtirishga intiladi, o‘ziga 
atrof-muhitdagi o‘rtoqlari ko‘zi bilan xolisona baho beradi, o‘ziga 
ishonadi va unda qoniqish hissi paydo bo‘ladi. Xarakteridagi salbiy 
odatlarni, zararli sifatlarni tez anglab, ularni yo‘qotish va bartaraf etishga 
intiladi.
 
Ta’sir etish va ma’qullash
 
usuli
muloqotning umumiy jarayonidir. 
Ikki suhbatdoshning bir-birlariga ta’sir ko‘rsatishlari, tarbiyaviy maq-
sadni ma’qullattirish vositasi sifatida o‘ziga xos xususiyati shundan 
iboratki, ushbu usul vositasida o‘qituvchi o‘quvchi ruhiyatiga va xulq-
atvoriga tarbiyaviy maqsadni ko‘zlab sezilarsiz ravishda psixologik ta’sir 
ko‘rsatadi. O‘quvchi psixikasida nazoratsiz kiradi. Ushbu usul, muloqot 
jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilarda axloqiy-irodaviy hislatlarni faol 
takomillashtiradi. O‘qituvchi xushmuomalaligi, muosharat odobining 
cheksiz qudrati bilan o‘quvchilar psixikasining anglanmagan qirralariga 
pedagogik ta’sir etadi, o‘qituvchi va o‘quvchining yaqindan muloqotda 
bo‘lishini, bir-birlariga ishonchini, topshiriqlarni ma’qullab vaqtida 
bajarish uchun javobgarlik hissini shakllantiradi. 


131 
O‘qituvchi o‘quvchilar jamoasi bilan pedagogik muloqotni har to-
monlama mukammal tashkil etish va ko‘zlangan maqsadga erishishi 
uchun tarbiyaviy jarayonning jamiyat talablariga mos keluvchi yetakchi 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin