O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   284
3. Qanday o‘rgatish:
a) o‘qituvchi o‘z faoliyati davomida to‘plagan pedagogik tajribalari 
asosida kompyuter, axborot va innovatsion texnologiyalarni qo‘llagan 
holda ta’lim berishi;
b) yuksak pedagogik mahorat bilan dars va darsdan tashqari vazi-
yatlarda tarbiyaviy jarayonni milliy mafkura, an’ana va qadriyatlar aso-
sida tashkil etish;
v) o‘quvchilarni bilim olishga qiziqishini oshirish maqsadida peda-
gogik ta’sir ko‘rsatishning turli usullaridan foydalanish; 
g) ta’lim-tarbiyaviy faoliyatda belgilangan maqsadga erishish uchun, 
mahalla faollari, ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash.
O‘qituvchining o‘quvchilar hamda o‘qituvchilar jamoasi bilan uzviy 
aloqada bo‘lishi, uning jonli muloqotni to‘g‘ri tashkil etishda muhim aha-


127 
miyat kasb etadi. O‘quvchilar bilan jonli muloqotga kirishib, ularning 
hurmat-e’tiboriga sazovor bo‘lish birdaniga sodir bo‘ladigan va ta’lim-
tarbiya sohasida yutuqlarga darhol yetaklaydigan jarayon emas. Buning 
uchun o‘qituvchi yillar davomida tayyorlanadi, pedagogik mahorat 
sirlarini egallaydi, tajribali ustoz o‘qituvchilarning yutuqlaridan 
foydalanadi. Yosh o‘qituvchilar uchun jonli muloqotni yaratishda quyi-
dagi vazifalarga e’tibor berish talab qilinadi:
- o‘quvchilarning individual xususiyatlarini, psixik holatini chuqur 
o‘rganish, sinf jamoasining rasmiy va norasmiy liderlari faoliyati bilan 
tanishish, ularga nisbatan adolatli munosabatda bo‘lish; 
- jonli muloqot asosida mustaqil fikrlovchi, o‘zining qadr-qimmatini 
anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga 
intiluvchi erkin shaxsga ta’lim-tarbiya berishi shartligini unutmaslik; 
- jonli muloqotning pirovard natijasi o‘quvchilarni o‘z aqli, o‘z 
tafakkuri, o‘z mehnati bilan mas’uliyatni his etishini ta’minlashi, ularni 
ongli ravishda ozod va hur fikrlovchi inson bo‘lib tarbiyalanishini 
ta’minlash; 
- jonli muloqot tufayli o‘quvchilarning yuksak darajadagi intellek-
tual salohiyatlarini, aql-zakovati qudratini yuzaga chiqarishga erishish.
Pedagogikada jonli muloqotning muhim jihatlaridan biri uning 
vositalaridir. Vositalar tashkilotchilik qobiliyati, baho beruvchi, intizom-
ga undovchi bo‘lishi mumkin. Ilmiy adabiyotlarda o‘qituvchi o‘z ishi-
ning mohir ustasi bo‘lishi uchun tashkilotchilik qobiliyati asosida ta’sir 
ko‘rsatishga ko‘proq yondashishi lozimligi ta’kidlanadi.
O‘qituvchilarning jonli muloqoti uchta qarama qarshi shakllarga ega 
bo‘lgan faoliyatlardan birida namoyon bo‘ladi:

ta’lim-tarbiyaviy faoliyatda o‘qituvchi bilan o‘quvchilarning bir-
galikda hamkorlik qilishlari;

o‘qituvchining o‘quvchilarga tazyiq o‘tkazishi va ularning faolli-
gini ro‘yobga chiqarmasligi;

o‘qituvchining o‘quvchilar bilan o‘zaro muloqotda, nisbatan mo‘-
tadil munosabatda bo‘lishi va o‘quvchi jamoasi tomonidan hal etila-
yotgan barcha muammolardan o‘zini chetga olishi.
Muloqotdagi noo‘rin vaziyatlarni o‘qituvchining o‘zi tajribasizligi 
tufayli paydo qiladi. U o‘quvchilar bilan bir xil o‘zaro jonli muloqot olib 
bora olmaydi, ba’zi ishtirokchilarga nisbatan tazyiq o‘tkazsa, ba’zi ishti-
rokchilarga muvofiq ravishda faoliyat olib boradi.


128 
O‘qituvchi jonli muloqotga emotsional tus berish bilan neytral holat 
orqali muloqotdagi faoliyatini ijodiylikdan salbiylikka o‘zgartirishi 
mumkin. Bularning hammasi muloqot muhitini, sinfdagi ma’lum iqlimni 
o‘zgartiradi. Takomillashgan pedagogik muloqot o‘qituvchining o‘z jonli 
muloqoti jarayonida va erishilgan yutuqlari natijalarini muntazam 
nazorat qilib borishini nazarda tutadi.
To‘g‘ri tashkil etilgan pedagogik muloqot davomida o‘qituvchi 
tanlagan vositalar ta’lim-tarbiya jarayonining vazifa va sharoitlariga 
muvofiq kelishini o‘lchovchi vosita sifatida tushuniladigan pedagogik 
nazokat mujassamlanadi. Pedagogik faoliyatda o‘qituvchi jonli muloqot 
orqali quyidagi funksiyalarni bajaradi:
birinchidan,
ta’lim-tarbiya jarayonining o‘qituvchi tomonidan yakka 
holda olib borilishi va bu faoliyatga yagona o‘zi javobgarligi;
ikkinchidan,
ta’lim-tarbiya jarayonida bir maqsadga yo‘naltirilgan 
ijtimoiy - psixologik tizimning bir maromda ta’minlashi;
uchinchidan,
ta’lim va tarbiyaning muvaffaqiyatini belgilovchi o‘qi-
tuvchi va o‘quvchilarning o‘zaro munosabatida muayyan bir tizimning 
tashkil qilinishi;
to‘rtinchidan,
o‘quvchilarni mustaqil fikrlovchi erkin shaxs sifatida 
shakllantirish, yashirin iste’dodini ro‘yobga chiqarishga erishish imkoni-
yatlaridan foydalanish;
beshinchidan,
barkamol inson tarbiyasi davlat siyosatining ustuvor 
sohasi sifatida o‘qituvchi pedagogik faoliyatining birlamchi vazifasi 
ekanligini unutmaslik.
Jonli muloqot jarayonida o‘quvchilarning xulqi ijtimoiy qonuniyatlar 
maromiga zid kelsa, u holda uning xatti-harakatiga tarbiyaviy ta’sir 
ko‘rsatiladi, ya’ni, e’tiroz, tanbeh, ogohlantirish kabi vositalar qo‘lla-
niladi. Jonli muloqot o‘qituvchilarning axloqiy namunalari muhim 
ahamiyatta ega bo‘lib, axborot almashinuv, o‘zaro ta’sir kabi muloqot 
vositalarining muvaffaqiyatini ta’minlaydi.
Har bir fikr va e’tiroz bildirilganda, muloqotdan o‘quvchining ruhiy 
o‘zgarishlariga, tashqi ko‘rinishiga e’tibor berish, lozim bo‘lganda o‘qi-
tuvchining uzr so‘rashi, tavoze bilan o‘quvchiga murojaat qilishi o‘qi-
tuvchi muomala odobining muhim belgisidir.
Ta’lim muassasalarida olib borilayotgan pedagogik faoliyatda o‘qi-
tuvchi muloqot jarayonida nojo‘ya xatti–harakati, qo‘polligi, o‘ylanmay 
bildirilgan noto‘g‘ri fikri, ortiqcha imo-ishoralari natijasida o‘quvchilar 


129 
bilan bo‘ladigan jonli muloqotning buzilishiga, tuzatib bo‘lmas qaltis 
vaziyatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Buning natijasida muloqot odobi, yaxshi muomala bilan fikr alma-
shuv o‘z o‘rnini nizoli vaziyatga bo‘shatib beradi. Ushbu salbiy holat-
larga yo‘l qo‘yilmaslik uchun, pedagogik muomalada o‘quvchilar bilan 
o‘zaro munosabat hurmat va ishonch negizida qurilishi kerak. Bunda 
o‘qituvchi o‘quvchining huquq va majburiyatini, maktabda, jamoada, 
oilada bajaradigan vazifalari nimalardan iborat ekanligini har lahzada 
eslatib turishi lozim.

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin