O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   284
 
 
 
7.3. O‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqotni tashkil etish 
usullari va muloqotda tarbiyaviy jarayon tamoyillari 
O‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqoti samarali bo‘lishi uchun 
suhbatdoshni o‘ziga moyil qilib olish zarur. O‘zaro moyillikka erishish 
uchun amalda qo‘llanilib kelinadigan bir qator murakkab bo‘lmagan 
pedagogik ta’sir etuvchi usullardan foydalaniladi. Ularning eng muhim-
lari o‘quvchi 
ishonchini qozonish hamda ta’sir etish va ma’qullash 
usullaridir.
 
Iishonchini qozonish usuli
 
o‘quvchilar bilan muloqot asosida ta’sir 
ko‘rsatishning yuqori samara beradigan usulidir. U o‘quvchi ongiga 
qaratilgan bo‘lib, idrok qilish orqali o‘quvchilar ishonchini qozonishni va 
ularning roziligini nazarda tutadi. Ishonchini qozonish dalillash, isbotlash 
orqali olib boriladi. Ishonchini qozonish usuli muloqot dasturi sifatida 
darsdan tashqari jarayonlarda, o‘quvchi bilan yakka holda suhbatlarda, 
ma’naviy-tarbiyaviy soatlarda qo‘llaniladi. Ishonchini qozonish usuli 
yordamida o‘qituvchi o‘quvchilarning dunyoqarashini shakllantiradi, 
ularda o‘z-o‘zini tarbiyalashga nisbatan javobgarlik hissini oshiradi. 
Ishonchini qozonish usuli nafaqat o‘qituvchi bilan muloqot jara-
yonida, balki ta’lim-tarbiyaviy faoliyatdan tashqari holatlarda ham 
o‘quvchiga ta’sir qiladi. O‘quvchi ishonchini qozonish ijobiy yoki salbiy 
natijalar paydo qilishi ham mumkin. O‘qituvchi ishontirish bilan 
o‘quvchida ijobiy hislatlarni uyg‘otishi uchun tarbiyaviy metodlarni o‘z 
o‘rnida qo‘llashi shart. Tarbiya jarayonida har bir o‘quvchining o‘ziga 
xos xususiyatlarini hisobga olishi zarur. Chunki bir xil yoshdagi o‘quv-
chilar psixik jihatdan turli xarakterga ega bo‘lishi mumkin. O‘quv-
chilarning qobiliyat va iqtidorlari, qiziqishlari, irodaviy hislatlari har xil 
bo‘lgani uchun bir o‘quvchiga nisbatan foydali bo‘lgan ishonchini qozo-


130 
nish usuli, boshqasiga zararli bo‘lishi mumkin. Shuning uchun har bir 
o‘quvchining ruhiyatini, psixologiyasini, ichki dunyosini o‘qituvchi mun-
tazam o‘rganib borishi, o‘quvchilarning o‘ziga xos xususiyatlarini, 
tarbiyalanuvchi temperamentining umumiy tiplarini o‘rganish meto-
dikasini bilish lozim. Masalan, ko‘rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez 
anglashi, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki 
kamgapligi, serg‘ayrat yoki g‘ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, pala-
Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin