124
Interaktiv muloqot.
Perseptiv muloqot.
1.
Kommunikativ muloqotda
bir tomonlama axborot uzatiladi.
Muomala o‘z ichiga hamkorlik faoliyatining qatnashchilari bilan o‘zaro
axborot almashuvini qamrab olgan bo‘lib, kommunikativ muloqot
sifatida tavsiflanishi mumkin. O‘qituvchi va o‘quvchi bir - birlari bilan
muloqotga kirishishi jarayonida muloqotning muhim vositalari bo‘lmish
til va nutq faoliyati bevosita muhim ahamiyat kasb etadi.
2.
Interaktiv muloqotning
muhim jihati ikki tomonlama bir-biriga
ta’sir etishdir. Muloqotga kirishuvchi o‘qituvchi o‘zaro ta’sir etishda,
o‘quvchilarning tarbiyaviy faoliyatiga nafaqat so‘z orqali,
balki fikr
almashinuv, xatti - harakat va xulq-atvori bilan o‘zaro ta’sir o‘tkazishi
tushuniladi.
3.
Perseptiv muloqotda
o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasi o‘zaro bir-
birlarini idrok qilishi, anglashi tushuniladi. Bunda muloqotga
kirishuvchilar o‘zaro bir-birlarini idrok qilish asosida ulardan biri
ikkinchisining ishonchini qozonadi, aqlli, farosatli,
tajribali, yuksak
tayyorgarlikka ega barkamol inson sifatida idrok qilinadi.
Muloqotning har uchala tomonini yaxlit olib qaraganda o‘zaro
hamkorlik faoliyatini tashkil qilishning usullari va unda ishtirok
etuvchilarning munosabatlari yaqqol namoyon bo‘ladi. Pedagogik
muloqot muvaffaqiyatli tashkil etilishi uchun, o‘qituvchi o‘quvchilar
bilan hamkorlik faoliyatiga
chuqur kirishib keta olishi, shaxsni har
tomonlama shakllantirishning maqsad va vazifalarini chuqur anglab,
faoliyat olib borishi lozim.
7.2. O‘qituvchi va o‘quvchilarning jonli muloqotini tashkil etish
I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida
so‘zlagan nutqida “O‘qituvchi va o‘quvchi munosabatidagi majburiy
itoatkorlik o‘rnini ongli intizom egallashi... o‘qituvchining bosh vazifasi
o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini
hosil qilishdan
iboratligini, demokratik jamiyatda bolalar, umuman, har bir inson erkin
fikrlaydigan etib tarbiyalanishi, mustaqil fikrlash katta boylik…”
ekanligini ta’kidladi.
Demak, o‘qituvchilarning asosiy vazifasi shaxs erkinligini, mustaqil
fikrlash qobiliyatini shakllantirishdan iborat. Shundagina ta’lim tizimida
yoshlarga erkin fikrlash imkoniyatlari yaratiladi.
Davlat siyosatining
125
ustuvor sohasi bo‘lmish barkamol inson tarbiyasiga mas’ul –
o‘qituvchilar zimmasiga bugungi kunda rivojlanayotgan jamiyatimiz
uchun yuksak ongli, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan
o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, irodasi baquvvat, o‘z kasbini
mukammal biladigan XXI asr kadrlarini tayyorlash mas’uliyati
yuklangan.
O‘qituvchining ta’lim-tarbiya sohasidagi faoliyatida erishishi lozim
bo‘lgan barcha ijobiy natijalari uning o‘quvchilar bilan jonli va erkin
muloqotni to‘g‘ri tashkil etishi muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchi so‘z
san’atining cheksiz qudrati asosida o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sir
ko‘rsatadi, har bir darsni samarali tashkil etib olib boradi, o‘quvchilar
bilan so‘zlashishni biladi, tarbiyaning suhbat, ma’ruza, hikoya qilish kabi
usullaridan o‘rinli foydanadi. Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilar bilan
qizg‘in muloqotni amalga oshiradi.
Ta’lim-tarbiyaviy
faoliyatni
mukammal
tashkillashtirish
o‘qituvchining jonli muloqotni samarali tashkil etishiga bog‘liq. Bunda
o‘qituvchi va o‘quvchining muloqoti ijobiy
natijalar berishi uchun
o‘qituvchida o‘quvchilar bilan erkin so‘zlashuv qobiliyati bo‘lishi kerak.
Zero
,
o‘qituvchi bilan o‘quvchining muloqotini bog‘lovchi asosiy vosita
– so‘zdir. O‘qituvchining so‘z boyligi qanchalik ko‘p bo‘lsa, muloqot
olib borish qobiliyati tez namoyon bo‘lib, ijobiy natijalarga erishishi oson
bo‘ladi.
Odatda, so‘z boyligi qashshoq bo‘lgan o‘qituvchilar o‘z pedagogik
faoliyatlarida o‘quvchilar bilan tez-tez ziddiyatlarga duch keladilar.
O‘qituvchining jonli muloqoti har qanday tarbiyaviy tadbirning mazmun
va mohiyatini o‘quvchiga tabiiy holda yetkazadi, shu jarayonning ob-
yekti va subyekti o‘rtasida muloqot uchun mustahkam ko‘prik
yaratadi
va ichki hissiyot bilan harakatlarning uyg‘unlashuvini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: