O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov


Muloqotni ijtimoiy hayot qonuniyatlari bilan bog‘lab olib



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   284
 3. Muloqotni ijtimoiy hayot qonuniyatlari bilan bog‘lab olib 
borish. 
Yosh avlodning o‘sib ulg‘ayishi va shakllanishiga hayot, ijtimoiy 
muhit qonuniyatlari ham muntazam ta’sir etadi. Muhit ijtimoiy omil-
larning eng muhim xususiyati bo‘lib, u shaxsga ijobiy yoki salbiy ta’sir 
ko‘rsatishi mumkin. Muhit deganda, shaxsning tarbiyalanib, shaklla-
nishiga ta’sir etuvchi tashqi olam voqealari, hodisalar majmui tushu-
niladi. Muhit tushunchasi o‘zida geografik-hududiy, ijtimoiy va mikro-
muhit xususiyatlarini ifodalaydi. Ayniqsa, oila, maktab, do‘stlar davrasi, 
tengqurlar kabilarni o‘z ichiga oladigan mikromuhit shaxsni tarbiyalash 
jarayoniga muhim ta’sir etishi pedagog va psixolog olimlar tomonidan 
e’tirof etilgan. Oila muhiti o‘quvchining tarbiyasi va barkamol inson 
sifatida shakllanishida o‘ziga xos muhim tarbiyaviy ta’sirga ega. Shuning 
uchun o‘qituvchi muloqotni tashkil etishda ota-onalar, mahalla faollari, 
o‘quvchilar jamoasi faollari, uchastka nozirlari bilan doimiy aloqada 
bo‘lib, ular bilan birgalikda faoliyat olib borishi kerak. Muloqotda 
ijtimoiy hayot qonuniyatlarini hisobga olish, o‘quvchilarni maqsadli 
tarbiyalashda muvaffaqiyatlarga erishish uchun zamin yaratadi.
 4. Muloqotni tashkil etishda mehnat faoliyatining o‘rni. 
Ta’lim 
muassasalarida o‘quvchi mehnat faoliyati bilan o‘z qobiliyati va iste’-
dodini namoyon qiladi. Mehnat – yosh avlodni yuksak ongli, mustaqil 
fikrlay oladigan, xulq-atvorini namoyon qiluvchi, kasbiy qobiliyatlarini 
uyg‘otuvchi, tarbiyaviy jarayonning eng qadimiy va sinalgan vositasidir. 
O‘quv mehnati va ijtimoiy foydali mehnat o‘quvchi shaxsiga ijobiy ta’sir 
etadi, bu ikki faoliyat birligi bolani jismonan chiniqtiradi va 
faollashtiradi, xulq mukammalligini ta’minlaydi, tashabbuskor va izla-
nuvchan qilib shakllantiradi. Shunday ekan, o‘qituvchi o‘quvchilar bilan 
muloqotni ularning mehnatsevarligiga yoki dangasaligiga qarab belgilasa 
ham bo‘ladi. Ta’lim muassasalarida bolalarni ilk yoshidan boshlab 
mehnatsevarlik ruhida, mehnatga muhabbat va mehnat qiluvchilarga 
hurmat ruhida tarbiyalashda o‘zaro muloqotning o‘rni cheksiz. Ta’lim 
muassasalarida o‘qishning o‘zi ham mehnatdir. Muloqotdan maqsad, 
ta’lim-tarbiyaviy faoliyatda muvaffaqiyatlarga erishish uchun u mehnat 
tarbiyasi bilan aloqadorlikda olib borilishi lozim. 


133 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin