tamoyil laridan o‘rinli foydalanishi lozim:
1. Tarbiyaviy maqsadni amalga oshirishda demokratik yondashuv. Muloqot jarayonida o‘qituvchi o‘quvchini ijtimoiy qadriyat
deb tan olishi, har bir bola, o‘smir va o‘spirinning betakror va o‘ziga xos
xususiyatlarini hurmat qilishi, uning ijtimoiy xulqi va erkinligini
e’zozlashi lozim. Zero, ta’limni isloh qilishdan asosiy maqsad, tarbiyada
demokratiyaning ustunligi, tarbiyani ma’muriy ehtiyoj va qiziqishlardan
yuqori qo‘yish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchining bir-birlariga o‘zaro
ishonchi, hamkorlik asosida pedagogik munosabat mohiyatini ijobiy
tomonga yo‘naltirish demakdir. Muloqotni demokratik uslubda tashkil
etishdan maqsad, ta’lim-tarbiyani insonparvarlashtirish, pedagogik
faoliyat markazida inson shaxsi turganini unutmaslik, insonga nisbatan
bebaho boylik sifatida munosabat tuyg‘ularini o‘quvchilarda ham
shakllantirish vazifasi bajariladi.
2. O‘quvchilar bilan do‘stona munosabat. Aslida muloqotdan
maqsad o‘quvchilar bilan do‘stona munosabatni ro‘yobga chiqarishdir.
O‘quvchi shaxsini hurmat qilish o‘qituvchining insonparvarlik tuyg‘u-
laridan kelib chiqadi. O‘quvchi shaxsini hurmat qilish, ularga cheksiz
mehr-muhabbat ko‘rsatish va ularga ishonish shart. Bolalarga nisbatan
hurmat tuyg‘usi ularning kuchiga kuch qo‘shadi, o‘z imkoniyatlariga
ishonch tuyg‘usini shakllantiradi, tarbiyaning samaradorligini oshiradi.
O‘quvchi shaxsini hurmat qilish va munosabatni adolatli talabchanlik
mezonlari asosida qurishdir. Do‘stona muloqot o‘qituvchi bilan o‘quvchi
o‘rtasidagi bilimlarni puxta o‘zlashtirilishini ta’minlaydi va mukammal
shaxsiy fazilatlarni tarkib toptirishga xizmat qiladi. Pedagogik jarayonda
sodir bo‘ladigan muomala odobi o‘qituvchilarning axloqiy madaniyati,
tarbiyalanganlik darajasida aks etadi. O‘qituvchining o‘ziga va o‘z kas-
biga, o‘quvchilarga bo‘lgan munosabati uning muloqotida yaqqol
namoyon bo‘lishi mumkin.
O‘z faoliyatini endigina boshlagan o‘qituvchilar ayniqsa, har bir
o‘quvchining kelajagiga umid bilan qarashlari, unga individual yonda-
shishga harakat qilishlari, tarbiyaviy jazolash usullarini tartibsiz qo‘lla-
masliklari, o‘quvchilar jamoasi oldiga istiqbolli tarbiyaviy maqsadlarni
qo‘yishga intilishlari lozim. Yosh o‘qituvchilar ma’lum bir pedagogik
mahorat sirlarini egallashga intilmasalar, o‘z fanidan bilimlari sayoz
132
bo‘lsa, shaxslararo munosabatlarga ijodiy yondashmasalar, kommu-
nikativ qobiliyatini takomillashtirib bormasalar, o‘quvchilar uni asta -
sekin tan olmay qo‘yishadi. Natijada o‘qituvchi va o‘quvchilar mulo-
qotida tuzatib bo‘lmas xatoliklar paydo bo‘lishi mumkin.