149
dagi shaxslar dilkash insonlar sifatida e’tirof etilganlar.
O‘qituvchida
ushbu hislatlarning mavjudligi, uning pedagogik nazokat qoidalariga
rioya qilib dilkashlik xususiyatlarini rivojlantirishi pedagogik mahorat
sirlarini takomillashtirish zamini va shartidir.
Dilkashlik munosabatini doimiy ravishda o‘z kasbiy faoliyatida
mujassamlashtirgan o‘qituvchi quyidagilarni unutmasligi kerak:
sinf jamoasiga nisbatan bir qolipdagi fikrlarning muayyan tizimiga
ega bo‘lishi;
o‘quvchilar bilan doimo
erkin muloqot qila olishi, har bir o‘quv-
chiga individual shaxs sifatida yondashishi;
birorta ham o‘quvchisining yomon bo‘lishiga, ularning hurmat
e’tiborini qozonmasligi mumkin emasligiga ishonch hosil qilishi;
biror o‘quvchiga nisbatan ishonchsizlik, salbiy munosabat sinf ja-
moasi bilan o‘zaro yaxshi munosabatni yo‘lga qo‘yilishiga xalaqit qili-
shini bilishi;
o‘quvchilar bilan muloqotda haddan tashqari masofani (subardi-
natsiya) saqlash mumkin emasligi;
sinf jamoasida sodir bo‘ladigan kulgili vaziyatlarda o‘qituvchining
o‘ta jiddiy va qat’iy bo‘lishi jamoadagi qaltis ahvolni murakkablashtirib
yuborishini unutmasligi;
har bir o‘quvchiga beriladigan xolisona va adolatli baho (ijobiy
yoki salbiy) o‘qituvchi va o‘quvchi orasidagi
munosabatni mustahkam-
laydigan ko‘prik ekanligini unutmaslik.
O‘qituvchining kasbiy pedagogik faoliyatida dilkashlik fazilati
o‘quvchilar jamoasi bilan qizg‘in, muvaffaqiyatli muloqotga kirishib
ketishida namoyon bo‘ladi. Avvalo, o‘qituvchi o‘zining kasbiy-pedago-
gik dilkashlik fazilati haqida va uning nima ekanligini va tarkibiy qism-
lari nimalardan iboratligi to‘g‘risida aniq ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.
Shu bilan birga, o‘qituvchi o‘zining kasbiga xos bo‘lgan
shaxsiy fazi-
latlari nuqtai nazaridan e’tibor berib, dilkashlikning qanday jihatlarini
o‘zida shakllantirish lozimligini aniqlashi va o‘z-o‘zida kommunikativ
hislatlarni tarbiyalashning shaxsiy rejasini tuzishi kerak.
Pedagogik kommunikatsiyaning o‘qituvchi kasbiy faoliyatidagi
ahamiyati shundan iboratki, unda o‘qituvchining
yuksak kommunikativ
madaniyati qay darajada ekanligi namoyon bo‘ladi. O‘qituvchining
kommunikativ madaniyati o‘z navbatida turli pedagogik vaziyatlarda
paydo bo‘ladigan oddiy insoniy dilkashlik xususiyatiga tayanadi. Har
150
birimizda, o‘z shaxsiy muloqotimizning va o‘zgalarning biz bilan olib
boradigan shirin xushmuomalali muloqotidan ko‘plab ajoyib taassurotlar
xotiramizda saqlanadi. O‘zaro muomalada dilkashlik fazilatlarini
namoyish etadigan ko‘plab pedagog ustozlarni bilamiz. Ular har qanday
vaziyatlarda kishilar bilan bemalol muloqotga kirishib keta oladilar.
Biroq, muloqotda butun suhbat jarayonini faqat o‘ziga qaratib, kommu-
nikatsiyaning qoq markazida faoliyat ko‘rsatishni istovchi o‘qituvchilar
ham bor. Hayotda yana shunday o‘qituvchilar uchraydiki, ular muloqotda
kamgap, suhbatda istar-istamas
ishtirok etishadi, mutlaqo faol kommu-
nikativ rolni bajarishmaydi. Faqat kommunikativ xulqi bilan suhbat-
doshini qo‘llab turadi. Ba’zan hech kim bilan umuman muloqotga kirisha
olmaydigan tund toifali o‘qituvchilar ham uchraydi. Ammo, pedagogik
faoliyatda muloqotdagi xushmuomalalilik nafaqat insoniy fazilat sifatida,
balki o‘qituvchilik kasbini tanlagan har bir kishining
Dostları ilə paylaş: