O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   284
kasbidagi yuksak 
shaxsiy fazilati
sifatida namoyon bo‘ladi. Xushmuomalalilik, Sharq 
mutafakkirlari ijodida yuksak odob namunasi sifatida tasvirlangan. 
Dilkashlik, o‘qituvchi uchun ajoyib bezak hisoblanadi va muosharat 
odobi sifatida talqin qilinib, o‘quvchilar ongiga singdirilgan. 
O‘qituvchining xushmuomalaligi va dilkashligi o‘zida butun bir glo-
bal insonparvarlik jarayonini qamrab oluvchi, ko‘plab tarkibiy qism-
lardan iborat bo‘lgan ajoyib fazilatlaridan biridir. O‘z pedagogik kas-
bidan voz kechgan sobiq o‘qituvchilar bilan suhbat jarayonida shu narsa 
ma’lum bo‘ldiki, ularning ko‘pchiligi qo‘pol, muloqotda nazokatsiz 
kishilar. Odamlar bilan muloqotga kirishish, ular uchun qiziqarli emas. 
Shu sababli o‘qituvchi sifatida kasbiy hislatlari ham shakllanmagan. 
Muloqot jarayoni – doimiy, uzoq vaqt davomida shakllanuvchi, keng 
qamrovli jarayon. Zero, shuning uchun pedagogik faoliyat – muomalada 
qo‘pol, nazokatsiz o‘qituvchilarni charchatadi, ish jarayoni uning g‘a-
shiga va asabiga tegadi, ta’lim muassasasidagi faoliyatiga putur etkazadi. 
Xushmuomalalilik va dilkashlik shaxsning insoniy fazilati sifatida 
o‘qituvchilarning ham kasbiy faoliyatidagi yuksak fazilatlaridan biriga 
aylanib, o‘qituvchining pedagogik muloqoti unumdorligini ta’minlaydi. 
Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbga 
yo‘naltirishda, xushmuomalalilik va dilkashlikni shakllantirish uchun 
maxsus tayyorgarlikdan o‘tishni taqozo etadi. O‘qituvchining dilkashligi 
– uchta tarkibiy qismni birlashtiruvchi jarayondir: 

muloqotda zaruriyatning mavjudligi; 


151 

muloqotdan keyin, muloqot paytida, muloqotgacha yaxshi kay-
fiyat; 

kommunikativ ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish.
Ushbu ta’rifda muloqotning o‘qituvchi kasbiy faoliyatidagi ijodiy 
jihatlari ko‘rsatilgan. Biroq, muloqot uchun zaruriyat hamisha mavjudligi 
– umuminsoniy xususiyat bo‘lib, u barcha kasb egalariga taalluqlidir. 
Rus olimi A.V.Mudrik o‘z ilmiy tadqiqotlarida o‘qituvchining xush-
muomalalilik bilan muloqotga kirishishi va unga ko‘nikma hosil qilishga 
nisbatan qobiliyatini aniqlaydigan quyidagi mezonlarni ajratib ko‘rsatadi:

inson tafakkurining o‘ziga xos xususiyatlarga muvofiqligi;

notiqlik san’atini mukammal egallaganlik yoki nutqda erkinlik;

xushmuomalalilik va shirinsuxanlik;

empatiya va o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan o‘tkir zehnga ega 
bo‘lish;

ma’lum bir maqsadga qaratilgan aniq ijtimoiy munosabat (masa-
lan, muloqot jarayonining natijalariga emas, balki o‘ziga nisbatan qizi-
quvchanlik);

kommunikativ mahoratda – vaqtni, suhbatdosh ichki dunyosini, 
munosabatni, vaziyatni aniq mo‘ljalga olish. 
Ushbu nuqtai nazardan ta’kidlash joizki, o‘qituvchining kasbiy faoli-
yatida mavjud bo‘lgan pedagogik dilkashlik ham o‘ziga xos mazmunga 
ega va uning quyidagi tarkibiy qismlarini ajratib ko‘rsatish mumkin: 

ta’lim va tarbiyaning turli sharoitlarida o‘quvchilar bilan doimiy 
muloqotda bo‘lish uchun barqaror zaruriyatning mavjudligi; 

o‘qituvchining shaxsiy va kasbiy jihatdan dilkashlik va xushmu-
omalalik fazilatlarini namoyon qilishda uzviylikning doimiyligi; 

dilkashlik va xushmuomalalikning barcha bosqichlarida ruhiy xo-
tirjamlikni his etish;

muloqotning samaradorligi va pedagogik faoliyatning turli tarkibiy 
qismlariga ijobiy ta’sir etishi; 

pedagogik kommunikatsiya jarayonini amalga oshirishda qobi-
liyatning mavjudligi;

o‘qituvchining pedagogik kommunikativ ko‘nikma va malakalarni 
doimiy egallab borishi.
Hozirgi kunda ta’lim-tarbiyaning insonparvar, demokratik xarak-
terda ekanligi, o‘quvchilarni erkin, mustaqil fikr yuritishga va ongli 


152 
intizomga o‘rgatish, intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiya-
lash, o‘qituvchidan chuqur bilimga, kasbiy malaka va ko‘nikmalarga, 
yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lishni talab qiladi. Shu jihatdan 
o‘qituvchining o‘quvchilar bilan munosabatida “Pedagogik takt” muhim 
pedagogik qobiliyat sifatida e’tirof etiladi.
Takt so‘zi azaldan pedagogikada tarbiyaviy ta’sir etish ma’nosini 
bildiradi va o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabatni boshqarishga yordam 
beruvchi axloqiy kategoriya sifatida ta’riflanadi. O‘quvchilar bilan mulo-
qot jarayonida ro‘y beradigan eng og‘ir vaziyatlarda ham pedagogik takt 
o‘qituvchidan mutlaqo bosiqlikni, suhbatdoshiga nisbatan hurmat va 
ehtiromni talab qiladi.
Pedagogik takt – o‘qituvchi kasbiy mahoratining asosi bo‘lib, o‘quv-
chilarga barcha demokratik talablar asosida pedagogik ta’sir o‘tkazish, 
muloqotni insonparvarlik tuyg‘ulari asosida o‘rnatish o‘lchovi, o‘quv-
chilarda mustaqil fikr yuritishni hamda ongli intizomni tarkib toptirish 
ko‘nikmalarini hosil qilish shaklidir. Pedagogikada o‘qituvchining 
o‘quvchilar bilan munosabati ularning yosh xususiyatlariga qarab belgi-
lanishi va bu qonuniyatga amal qilinishi qat’iy talab qilinadi. 
Shunday 
ekan, o‘qituvchi ta’lim–tarbiya jarayonida hali to‘liq shakllanmagan, 
ta’sirlarga va ruhiy kechinmalarga tez beriluvchi, ota–onasining sevimli 
farzandi bo‘lgan murg‘ak qalb egalari bilan muloqot qilayotganligini 
aslo unutmasligi kerak.
O‘quvchilar bilan muloqotda pedagogik taktga zid bo‘lgan qo‘pollik, 
adolatsizlik, qo‘rqitish, haqorat, mensimaslik, pedagogikaga zid bo‘lgan 
jazolash usullarini qo‘llash va boshqa ular shaxsiga salbiy ta’sir qiladigan 
turli jargon so‘zlar ishlatish o‘quvchilar qalbini umuman tuzalmaydigan 
darajada jarohatlab qo‘yishi, yoki o‘qituvchining obro‘siga putur etka-
zishi mumkin. O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi bunday qarama-qarshi-
liklar, ko‘pincha, dars va darsdan tashqari jarayonlarda sodir bo‘ladi. 
Bunda ayniqsa yosh o‘qituvchilarning pedagogik takt sirlarini bilmasligi, 
tajribasizligi pand beradi. 
O‘qituvchining taktik mahorati birdaniga shakllanib qolmaydi, u 
yillar davomida pedagogik faoliyatda, ustozlar tajribasini o‘rganishda, 
dars jarayonida, sinfdan tashqari faoliyatda va tarbiyaviy soatlarda 
o‘quvchilar bilan muloqotda takomillashib boradi. Dars jarayonida peda-
gogik mahoratning asosi bo‘lmish pedagogik taktga ega bo‘lish o‘qi-
tuvchi uchun juda zarurdir. 


153 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin