O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   284
ishon-
chini
qozona olishi shart. Yosh o‘quvchi “do‘st”lar ishonchini qozonish 
yoki ishonchiga kirishi uchun o‘qituvchi pedagogik nazokat imkoni-
yatlarini o‘z o‘rnida qo‘llay olishi lozim. O‘zaro ishonch munosabatlari 
o‘rnatilgach, o‘quvchilar og‘ir damlarda o‘qituvchidan yordam so‘rab 
murojaat qiladilar, o‘z mulohazalarini u bilan baham ko‘radilar. O‘zaro 
ishonch norasmiy munosabatlarda ham o‘qituvchiga o‘quvchilarning ba’-
zan anglab bo‘lmaydigan ichki dunyosini ko‘rish imkoniyatini beradi. 
O‘quvchilar bilan munosabatlarda pedagogik nazokatni qo‘llash nati-
jasida: 


146 

o‘qituvchi o‘quvchilarning xarakterini, ichki dunyosini yaxshi bi-
lib oladi, o‘quvchilar bilan munosabatda do‘stona muloqot qilish imko-
niyatlari paydo bo‘ladi;

o‘qituvchi o‘quvchilar bilan chin ko‘ngildan bir-biriga yaqin bo‘-
ladi, ba’zan eshitmasligi kerak bo‘lgan o‘quvchilarning o‘zaro sirli gap-
larini eshitmasdan o‘tib ketishi mumkin, negaki o‘zgalar gapini tinglash 
odobsizlikdir; 

o‘qituvchi ba’zan o‘quvchilar jamoasining kundalik ishlariga ara-
lashmasligi, jamoada ro‘y beradigan ba’zi ko‘ngilsiz hodisalarni ijobiy 
hal etishni jamoa faollari zimmasiga havola etishi mumkin. 
Bularning hammasi o‘qituvchining o‘quvchilar bilan bo‘ladigan ixti-
loflariga, kelishmovchilik va ziddiyatlariga barham beradi.
Mamlakatimizda har qanday kasb egasi avvalo odob va axloq namu-
nalariga ega bo‘lishi tabiiy, lekin pedagogik nazokat va odoblilik mut-
laqo o‘zgacha harakatni va muomalani talab qiladigan o‘qituvchilar 
uchun chinakam mahoratdir. Chunki bu hislatlar faqatgina pedagogik 
qobiliyat va iste’dodga ega bo‘lgan o‘qituvchida yillar davomida shakl-
lanadi.
8.2. Pedagogik nazokatning mohiyati va xususiyatlari 
O‘qituvchining pedagogik nazokati mohiyatida avvalo etnope-
dagogik tuyg‘ular, milliy qadriyatlar, urf-odat va an’analar, o‘zbekona 
tavoze va muomala madaniyati, o‘quvchilar jamoasiga singib keta oladi-
gan har qanday ijtimoiy muhitga moslashuvchi individual qobiliyatlar
kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalar mujassamlashgan bo‘ladi.
Hozirgi kunda informatsion jarayonning jadal rivojlanishi o‘quvchi 
ruhiyatiga keskin ta’sir qiladi. Ularning psixologik xususiyatlarini, ruhiy 
holatini bir maromda ushlab turish uchun o‘qituvchidan kuchli iroda, 
muomala madaniyati va bosiqlik, pedagogik mahoratning keng imko-
niyatlaridan foydalanish talab qilinadi. Yosh avlod tarbiyasida o‘qituvchi 
eng qiyin vaziyatlarda ham pedagogik nazokatning quyidagi holatlariga 
rioya qilishi va ushbu faoliyatga o‘zini moslashtirishi lozim:

emotsional his-tuyg‘ular va kechinmalarda, stress va affekt holat-
larida o‘zini boshqara olish qoidalariga rioya qilish; 

o‘zining xulq-atvor xususiyatlarini doimiy bir muvozanatda saqla-
gan holda qo‘llash; 

bachkana qiliqlar, ortiqcha xatti-harakatlar, pedagogik etikaga 
to‘g‘ri kelmaydigan bema’ni so‘zlardan o‘zini qat’iy tiyish; 


147 

o‘qituvchiga xos notiqlik san’ati sirlarini puxta egallash, o‘quvchi 
shaxsiga og‘ir ta’sir etadigan, uning ruhiyatini jarohatlaydigan iboralarni 
ishlatmaslik, muomalada, jazo metodlaridan foydalanishda qo‘pol va 
dag‘al so‘zlar qo‘llamaslik; 

dars jarayonida hissiy, aqliy bilim berishda belgilangan muayyan 
psixologik va fiziologik me’yorlarga asoslanish, manmanlikka yo‘l qo‘y-
maslik, o‘z holatidan boshqa holatga o‘tishdan saqlanish; 

o‘qituvchilar jamoasi va o‘quvchilar bilan, ota-onalar hamda nota-
nish kishilar bilan munosabatda kommunikativ qobiliyatning rasmiy va 
qat’iy muomala hamda ishbilarmonlik uslublariga asoslanish. 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin